Maqolada pulning kelib chiqishi, hozirgi bosqichi va u insoniyatning birinchi ixtirolaridan biri ekanligi to‘g‘risida fikr bildirilgan. Ko‘p asrlar davomida dunyoning yetakchi olimlari pulning kelib chiqishi masalasini o‘rganishdi va hozirgi kunda ham ko‘p tadqiqotlar olib bormoqdalar. Ushbu maqolada pul munosabatlarini shakllantirish bo‘yicha zamonaviy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Muallif pul munosabatlarining rivojlanishiga bag‘ishlangan adabiyotlarni nazariy va tanqidiy tahlil qildi. O‘tkazilgan nazariy tahlillar asosida pul munosabatlarini yanada o‘zgartirish va rivojlantirish prognozi bo‘yicha xulosalar chiqarildi.
Ushbu maqolada elektron pullar va ularning mohiyatini aniqlashga qaratilgan olimlarning fikrlari va konseptual yondoshuvlar yoritilgan. Elektron pullarning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari o‘rganilgan. Muallif tomonidan elektron pullarni talqin qilishning konseptual yondashuvlarida klassik olimlar va tadqiqotchilarning turli xil qarashlari o‘rganilgan va tahlil qilingan. Iqtisodiyotni axborotlashtirish va elektron pullarning kirib kelishi, elektron pullarga bo‘lgan turlicha talqin shular jumlasidandir.
Maqolada raqamli iqtisodiyotda pul massasi va uning davlat tomonidan tartibga solinishi ahamiyati yoritilgan. Elektron pullarning kengayishi pul agregatlariga ta’sir qilishi, shuningdek, pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirish zaruriyatiga olib kelishi ta’kidlangan. Davlatning pul massasini tartibga solishda inflyatsiyani nazorat qilish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va raqamli moliya instrumentlariga moslashuv ahamiyati ko‘rsatilgan. Shuningdek, pul agregatlari MO, M1, M2 va M3 tarzida toifalanishi va ularning iqtisodiyotdagi roli tahlil qilingan.
Бозор иқтисодиёти шароитида ликвидлик ва тўлов қобилияти корхоналарнинг молиявий-хўжалик фаолиятининг, хусусан нефтни қайта ишлашнинг муҳим хусусиятлари ҳисобланади. Молиявий ҳолат корхонанинг рақобатбардошлигини, унинг бизнес жараёнларидаги салоҳиятини, молиявий ва бошқа муносабатларда корхона ва унинг контрагентларининг иқтисодий манфаатлари қай даражада ҳурмат қилинишини белгилайди. Ликвидлик - бу активни бизнесда, иқтисодиётда сотиш ёки нархларни сезиларли даражада ўзгартирмасдан ва қийматини озгина йўқотмасдан инвестиция қилиш қобилияти. Енг ликвид актив-бу пул ёки нақд пул бўлиб, у дарҳол иқтисодий операцияларни амалга ошириш, шу жумладан сотиб олиш, сотиш, қарзларни тўлаш ва шошилинч истак ва еҳтиёжларни қондириш учун ишлатилиши мумкин. Ҳар қандай компаниянинг асоси ликвидликдир. Ҳар бир компания учун ликвидликни ҳар томонлама баҳолаш зарур, чунки бу келажакдаги хатти-ҳаракатларни башорат қилишга ёрдам беради. Мақолада ликвидлик ва тўлов қобилиятининг назарий жиҳатлари кўриб чиқилади, асосий камчиликлар ва муаммоларни баҳолашда нефтни қайта ишлаш заводи таҳлил қилинади ва молиявий ҳолатни яхшилаш бўйича тавсиялар берилади
Maqolada monetarizm va uning rivojlanishi, nazariy tushunchalar va unga ta’sir etuvchi omillar o‘rganilgan bo‘lib, klassik olimlarning tadqiqotlari o‘rganilgan va zamonaviy nazariyalar bilan taqqoslangan. Ilmiy maktablarda olimlarning monetarizmga bergan ta’riflari, ularning iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishga ta’siri taxlil qilingan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston aholisining “ishlamayotgan” jamg‘armalarini, ya’ni investitsiya sifatida rasmiy iqtisodiyotga jalb etilmagan pul ko‘rinishidagi va pul ko‘rinishida bo‘lmagan sarmoya va zaxiralari ko‘lami va qiymatini aniqlash va tahlil qilish metodologiyasi taklif etiladi. Metodologiya iqtisodiyotning o‘ziga xos jihatlarini, xususan, AQSh dollarining ichki bozorga bo‘lgan yuqori darajadagi ta’sirini, xufyona iqtisodiyotning yuqori ulushini, investitsiya kompaniyalarining past rivojlanish darajasini inobatga olgan. Ushbu tadqiqotda ko‘p bosqichli yondashuv, xususan makroiqtisodiy balans usullari uy xo‘jaliklari bo‘yicha mikroma’lumotlar, naqd pulga bo‘lgan talabning xulq-atvor asosidagi modellari va manbalarni integratsiya qilish uchun bayes strukturali modulini uyg‘unlashtiruvchi ko‘p bosqichli yondashuv taklif etilgan. Ma’lumot manbalari, validatsiya jarayonlari, hududlar bo‘yicha bo‘lish va taqsimlash va joriy etish algoritmi tavsiflangan.
Mazkur ishda tijorat banklarining barqarorligini ta’minlovchi aktivlar tarkibi va ularga ta’sir qiluvchi omillar ekonometriya usullari yordamida tahlil qilingan. Tadqiqotda banklarning aktiv sifati, likvidlik ko‘rsatkichlari, kredit portfeli tuzilishi hamda tashqi iqtisodiy omillar kabi omillarni o‘rganish asosiy maqsad qilib olingan. Ekonometriya usullari orqali olingan natijalar tijorat banklari barqarorligini oshirishda muhim qarorlarni qabul qilishda yordam beradi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, u bank faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategiyalarni shakllantirishda metodik asos vazifasini bajaradi.
Ushbu maqolada raqamli aktivlarni shakllanish omillari, raqamli aktivlarni muomalasini takomillashtirish natijasida banklar faoliyatini rivojlantirish asoslari, tijorat banklarida raqamli aktivlarni boshqarish bo‘yicha xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari, ma’lumotlarning solishtirma tahlillari olib borildi.
Maqolada banklar faoliyatining transformatsiyalashuvi natijasida an’anaviy bank faoliyatining raqamlashuvi natijasida yuzaga kelishi va risk darajasining ortib borishi mumkin bo‘lgan bir qator risk turlari, bank mijozlari va banklarning o‘ziga qaratilgan eng keng tarqalgan kiber tahdid turlari va ularning o‘ziga xos jihatlari, banklarda risklarni boshqarishning yangi tizimlari, bank risklarini strategik boshqarish bosqichlari hamda raqamli muhitda risklarni samarali boshqarish bo‘yicha muallif yondashuvlari keltirilgan. Umuman olganda, ushbu maqola tijorat banklarining transformatsiyalashuvi va raqamlashish sharoitida yuzaga keladigan riskining ko‘p qirrali tabiati to‘g‘risida tushunchalarni beradi va ushbu keng tarqalgan risk omilini samarali boshqarish va yumshatish va banklarning barqaror o‘sishni ta’minlash uchun banklar tomonidan qo‘llaniladigan turli xil usullar haqida ma’lumot beradi.