Ushbu maqolada, O‘zbekistonda sun’iy intellekt istiqbollari haqida batafsil sharh va tahlillar berilgan. Sun'iy intellektning firmalar, kompaniyalar, shuningdek, tibbiyot, qishloq xo'jaligi sohalarini rivojlantirishdagi ahamiyati raqamlashtirish jarayonida zarur bo'ldi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidagi demografik o‘zgarishlar tahlil qilinib, 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, 2030-yilga borib respublika aholisining go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan talabi 19,2 foizga, sut mahsulotlariga bo‘lgan talab 16,3 foizga oshishi aniqlandi. Bu talabni qondirish maqsadida chorvachilik komplekslarini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish, sog‘in sigirlarning sut mahsuldorligini oshirish uchun robotlashtirilgan CR-1 va MR-S2 masofadan boshqariladigan raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ushbu maqolada AQShning Silikon vodiysida shakllangan innovatsion startap ekotizimi iqtisodiy va statistik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda startaplar rivojlanish bosqichlari, venchur kapital dinamikasi, mehnat bozori o‘zgarishlari, demografik ko‘rsatkichlar hamda texnologik faollikning mehnat bozori, migratsiya oqimlari, patentlash sur’atlari va investitsiya hajmlari bilan o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. 2020–2023 yillar davomida Silikon vodiysidagi startaplar soni dinamikasi, AI startaplar ulushi, yangi tashkil etilgan texnologik kompaniyalar, venchur kapital taqsimoti hamda gender tarkibi bo‘yicha statistik tendensiyalar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari Silikon vodiysida iqtisodiy va demografik diversifikatsiya, investitsiya imkoniyatlari hamda inson resurslari salohiyati ekotizimning barqaror o‘sishi uchun strategik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Mazkur tajriba O‘zbekistonda startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy siyosat va institutsional mexanizmlarni takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining demografik holati R Studio dasturidan foydalangan holda tahlil qilindi. Tadqiqot davomida mamlakatning tugʻilish, o‘lim, migratsiya va urbanizatsiya kabi asosiy demografik koʻrsatkichlari oʻrganildi. Natijalar mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi uchun muhim tavsiyalarni shakllantirishga asos yaratadi.