Ushbu maqolada masofaviy elektron deklaratsiyalash postlarini birlashtirish orqali tashkil etilgan Bojxona rasmiylashtiruv markazi faoliyati samaradorligini oshirishda xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish asosiy omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Vazirlik darajasidagi vazifalarning noadolatli taqsimlanishi, samaradorlikni baholashdagi yetarli shaffoflikning mavjud emasligi va yangi xodimlarni adaptatsiya qilish tizimining zaifligi kabi tashkiliy muammolar tahlil qilingan. Ilmiy metodologik yondashuvlar taqdim etilgan, raqamli instrumentlar va jarayonli boshqaruv elementlarini joriy etish zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kadrlar salohiyatini rivojlantirish Bojxona markazi samaradorligini oshirish va intellektual bojxona maʼmuriyatchilik modeliga o‘tishda tizimli omil hisoblanadi.
Transport tizimi milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim omillardan biri hisoblanadi. Bu maqolada transport tizimi ommaviy tovar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy transport tomonidan ta’minlangan uzoq (deyarli cheksiz) masofalarga katta hajmdagi tovarlarni muntazam ravishda har qanday ob-havo sharoitida tez va xavfsiz yetkazib berish orqali savdo, sanoat o‘sishi, bandlik va mintaqaviy rivojlanishga qo‘shadigan hissasi tahlil qilingan. Bundan tashqari maqolada, transport turlarining ustunlik va kamchilik tomonlari hamda ularning tashqi savdo hajmidagi ulushlari tahlili olib borilgan. So‘ngra temir yo‘l transportining eksport salohiyatini oshirishdagi ro‘li aniqlab berilgan hamda temir yo‘l transportini rivojlantirish uchun takliflar ishlab chiqilgan