Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida korxonalar aktivlari ko‘rsatkichlarini baholash va prognozlashda ko‘p omilli ekonometrik modellashtirish usullari qo‘llanildi. Tadqiqot obyekti sifatida “Grant Thornton Valuation” MCHJ faoliyati tanlanib, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar natijaviy omil sifatida olindi. Ta’sir etuvchi omillar sifatida shartnomalar soni, baholash hisobotlari soni, xususiylashtirilgan obyektlar soni, sertifikat va lisenziyalar soni kiritildi. Tavsifiy statistika, korrelyatsiya, VIF, ADF testlari asosida model ishonchliligi tekshirildi hamda prognozlash amalga oshirildi. Olingan natijalar korxona faoliyatini tahlil qilishda va kelgusi yillarga prognozlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Мақола иқтисодий ночор корхоналарнинг молиявий ҳолатини тизимли баҳолаш ва уларни барқарор ривожлантиришга қаратилган амалий ёндашувни таклиф этади. Тадқиқотда ликвидлик, тўлов қобилияти, молиявий барқарорлик, фаолият ва активлар рентабеллиги каби кўрсаткичлар асосида диагностик модел тузилади. Муаллиф банкротлик хавфини баҳолаш учун прогноз баланс, пул оқимлари бюджети ва даромад-ҳаражатлар бюджетини ўзаро боғлиқ ҳолда қўллашни, нарх-ҳамкорлик тузилмасини қайта кўриб чиқиш, харажатларни оптималлаштириш, айланма активларни тезлик ва қайтариш имкониятига кўра қайта таркиблаштиришни таклиф қилади. Мақола натижалари ночор корхоналарда молиявий соғломлаштиришни тезкор бошлаш ва узоқ муддатли рақобатбардошликка эришиш учун методик асос бўлиб хизмат қилади.
Korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, ularning to‘lovga qobiliyatsizlik holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada to‘lovga qobiliyatsizlik hisobi va tahlilining xorijiy tajribalari umumlashtirilgan.
Nomodiy aktivlar boʻyicha amaldagi 7-son BHMS (Buxgalteriya hisobi milliy standarti) qoidalarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga uygʻunlashtirish boʻyicha fikr-mulohazalar yuritilgan. BHMSning tegishli bandlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan ilmiy takliflar va tavsiyalar berilgan. Natijada amaldagi 7-son BHMS “Nomoddiy aktivlar” nomli standart qoidalarini MHXS talablariga muvofiqligi taʼminlanadi va ularni korxonalar amaliyotida qoʻllash imkoniyati yaratiladi.
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi korxonalarida inventarizatsiya o‘tkazishning mazmuni va ahamiyati koʻrib chiqilgan. Shuningdek, inventarizatsiyaning asosiy bosqichlari, usullari va qoidalari tadqiq qilinib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.