Туристик маҳсулотларни диверсификация қилиш – бу глобал сайёҳлик йўналишлари томонидан ташриф буюрувчилар учун мавжуд бўлган диққатга сазовор жойлар ва тадбирлар доирасини кенгайтириш орқали уларнинг жозибадорлиги ва барқарорлигини ошириш учун фойдаланиладиган стратегик ёндашув ҳисобланади. Ушбу мақолада Европа, Осиё, Шимолий Aмерикa, Aфрикa ва Жанубий Aмерикa каби турли минтақалар мисолида туристик маҳсулотларни диверсификация қилиш бўйича халқаро тажриба кўриб чиқилади. Шунингдек, мақолада Испания, Таиланд, Япония ва бошқа давлатларда қўлланилаётган туристик маҳсулотларни диверсификациялаш стратегияларининг маҳаллий иқтисодиёт ва туризм барқарорлигига таъсири ўрганиб чиқилган. Тадқиқот турли сайёҳлик йўналишлари туризмни диверсификация қилишга қандай ёрдам бериши ва бунинг натижасида узоқ муддатли муваффақият ва барқарорликка эришиш имкониятларига бағишланади.
Maqolada Xorazm turizm infratuzilmasini rivojlantirish, hududning sayyohlik yoʻnalishlari va xizmatlarini takomillashtirish, sayyohlik imkoniyatini namoyish qilish ishlarini amalga oshirish, sayyohlar uchun qoʻshimcha obyektlar infratuzilmasini yaxshilash, turizm sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish haqida fikr yuritilgan.
Ushbu maqola umumiy ovqatlanish, xalq xoʻjaligining ilmiy gigiyenik talablar asosida taomlar tayyorlab sotadigan va isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatadigan va turizm sohasi hamda mehmonxonalardagi umumiy ovqatlanish xizmatlarini rivojlantirishning ekologik hususiyatini baholash jihatlarining nazariy asoslari keltirilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik tahlili amalga oshirilib, so‘nggi yillardagi yillik statistik ma’lumotlarni eng kichik kvadratlar usuli asosida regression tenglamalar tuizilib turli testlarga tekshirishldi.
Ushbu maqolada Qoraqalpog'iston, O'zbekiston mintaqasidagi mehmonxona ob'ektlarining kam bandligi muammosi ko'rib chiqiladi. Tadqiqot ushbu muammoni hal qilishning turli strategiyalari va yondashuvlarini, jumladan marketing tashabbuslari, xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va hamkorlikni mustahkamlashni ko'rib chiqadi. Muallif mintaqada turizmni rivojlantirishga hissa qo'shishi mumkin bo'lgan mehmonxonalar bandligini oshirishga kompleks yondashuvni taklif etadi.
Ushbu maqola bugungi kunda dunyoda dolzarb masalalardan biri boʻlgan agroturizm sohasini tashkil etish, rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan. Mazkur tadqiqotning asosiy predmeti agroturizmning rivojlantirishga qaratilgan. Shu bois, ushbu maqolada iqtisodchi olimlarning agroturizmni tashkil etish va uning mamlakat iqtisodiyotidagi oʻrni, uni rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi omillar koʻrib chiqilgan.
Mazkur maqolada agroturizm boʻyicha mamlakat salohiyati, turistlar hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining agroturizmga qiziqishlari oʻrganilgan. Ma’lumotlar turizm sohasidagi asosiy statistik koʻrsatkichlar hamda Samarqand viloyati 12 ta tumanining tog‘li, choʻlli va sug‘oriladigan hududlaridagi 153 ta qishloq xoʻjaligi korxonalaridan, shuningdek, 210 nafar mahalliy va xorijiy turistlardan olingan soʻrovnomalar asosida tahlil qilingan
Hozirgi kunda turizm sohasi hududlarida turistik marshrutlarning mavjudligi, ularning sifati birinchi oʻrinni egallaydi, shu bilan birga koʻplab mintaqalar aholisi oʻz sayyohlarini sifatli dam olish uchun moʻljallangan qulay va xavfsiz jamoat maydoni bilan toʻliq ta’minlay olmaydilar
Tadqiqotning maqsadi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalarini amalga oshirishda dolzarb masala bo‘lgan sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiy xizmatlar sohasining Samarqand viloyati misolida ko‘rib chiqishdir. Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda aholi farovonligini oshirish va iqtisodiyotni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan tibbiy xizmatlar sohasining tizimli tahlili va uni rivojlantirish imkoniyatlari ilmiy asoslangan.