Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etishning nazariy, uslubiy va institutsional jihatlari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot bozor mexanizmlariga asoslangan iqtisodiyot sharoitida anʼanaviy kadastr baholash usullarining cheklanganligini asoslab beradi hamda xalqaro tajribaga mos, shaffof va avtomatlashtirilgan ommaviy baholash tizimini joriy etish zaruratini ochib beradi. Ishda individual va ommaviy baholash yondashuvlarining qiyosiy tavsifi berilib, ularning soliq bazasini shakllantirishdagi o‘rni va funksional farqlari yoritilgan. Ommaviy baholash jarayonida GIS-texnologiyalar, matematik-statistik modellar, katta hajmdagi maʼlumotlar (Big Data) va multiplikativ baholash modellaridan foydalanishning afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlar, normativ-huquqiy baza, institutsional tuzilma hamda baholash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ko‘chmas mulk solig‘ini adolatli va iqtisodiy asoslangan tarzda hisoblash, byudjet daromadlarini barqarorlashtirish hamda ko‘chmas mulk bozorida shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.
Maqolada davlat va mahalliy byudjetlar daromad manbalari, ularning o‘zaro nisbatdagi o‘zgarishlari hamda davlat byudjeti tarkibidagi ulushi tahlil qilingan. Ko‘chmas mulklar qiymatining o‘zgarish dinamikasi, shuningdek, mol-mulk va yer soliqlarining mahalliy byudjet daromadlaridagi salmog‘i o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida statistik ma’lumotlar asosida soliq tushumlari va byudjet barqarorligi o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil etilgan. Maqolada mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash va soliqqa tortish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada ko‘chmas mulklarning iqtisodiy ahamiyati ko‘rsatilib, ko‘chmas mulklarni bozor narxiga yaqin narxlarda baholash uning raqobatbardoshligini oshirishi, soliq solish bazasini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligi tahliliy asoslanib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada mamlakatimizda soliqqa tortish tizimini takomillashtirishning muhim jihatlari, soliqqa tortishda xorijiy mamlakatlar tajribasi shu bilan birga xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari, g‘oyalari o‘rganildi. Soliqqa tortish borasida xorij tajribalari tahlil qilinib, amaliyotga qo‘llash mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar taklifi keltirib o‘tildi.
Ushbu maqolada ko‘chmas mulkning iqtisodiy ahamiyati, ko‘chmas mulkni soliqqa tortish mulkning raqobatbardoshligini oshirishi va soliq solinadigan bazani belgilashda muhim o‘rin tutayotgani tahlillar asosida ochib berilgan va tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan.