Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda jismoniy shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk soliqlarining ahamiyati hamda yangi joriy etilgan mahalla budjeti mexanizmining amaliyotga tatbiq etilishi bilan bog‘liq jarayonlar yoritilgan. Shuningdek, mahallalar o‘rtasida iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish, aholining ijtimoiy hamda hududlarning infrastruktura bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha muhim ahamiyat kasb etishi kutilayotgan mahalla budjeti daromadlarini soliqlar vositasida oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Fan, texnologiya va innovatsiyalar (FTI) parklarining bo‘shliqlari tahlili e’tibor qaratish va yaxshilash kerak bo‘lgan bir qancha muhim yo‘nalishlarni ochib beradi. Ushbu parklarning hozirgi faoliyati tadqiqot institutlari, sanoat tarmoqlari va hukumat siyosati o‘rtasida samarali hamkorlikka erishishda jiddiy muammolar bilan yuzlashib innovatsiyalar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishdagi aralash natijalarni aks ettiradi. Asosiy xulosalar shuni ko'rsatadiki, O‘zbekiston FTI parklari biznes-inkubatsiya sohasida muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa-da, ular hali ham muhim texnologik yutuqlarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishda kamchiliklarga ega. Asosiy to‘siqlar orasida universitetlar va sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi hamkorlikning yetarli darajada mavjud emasligi, venchur kapitaliga kirishning cheklanganligi va tadbirkorlik madaniyatining zaifligi kiradi. Maqolada muvaffaqiyatli FTI parklari dinamik tadbirkorlik ruhi, tadqiqot institutlarining faol ishtiroki va startaplarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan ajralib turadigan kuchli mintaqaviy ekotizim doirasida rivojlanib borayotgani ta’kidlangan. Bunday qulay shart-sharoitlarni yaratish O‘zbekiston uchun muhim hisoblanadi. Strategik takliflar FTI park boshqaruvining imkoniyatlari va ishtirokini kuchaytirish, moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va universitetlar va xususiy sektor o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilashni o‘z ichiga oladi. Tavsiyalar ilg‘or jahon tajribasiga asoslangan va O‘zbekiston innovatsion tizimida manfaatdor tomonlar duch keladigan o‘ziga xos muammolarni hal qiluvchi tavsiyalarga bo‘lingan. Ushbu bo‘shliqlarni yo‘naltirilgan siyosat tashabbuslari va salohiyatni oshirish sa’y-harakatlari bilan bartaraf etish orqali O‘zbekiston o‘zining FTI parklaridan butun dunyo bo‘ylab boshqa FTI parklarida kuzatilgan muvaffaqiyatli amaliyotlarga mos ravishda texnologik innovatsiyalar va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanishi mumkin.
Ushbu maqolada turizmni rivojlantirishda va uning samaradorligini oshirishda uning asosiy segmentlarining birdek ahamiyatliligi yoritib berilib, nisbatan e’tibordan chetda qolgan yo‘nalish muhumliligiga to‘xtalib o‘tilgan. Manashunday yo‘nalish sifatida chakana savdo (suvenirlar) do‘konlari tadqiqot obyekti sifatida olinib, har tomonlama o‘rganib chiqilgan. Jumladan, unga bevisita va bilvosita ta’sir etuvchi omillar hamda ularning turlari o‘rganib chiqildi. Bundan tashqari Turizm sohasining rivojlanishida asosiy o‘rin egallovchi segment sifatida qaralib, uning muhumlilikdarajasi o‘rganib chiqildi. Suvenir va esdalik sovg’alarning viloyatlar aro turma turligi va o‘ziga xosligi o‘rganib chiqilib, ular har bir mahalliy manzilgohlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqilishi tadqiq etilildi. Maqolaning xulosa va takliflar qismida esa chakana savdo (suvenirlar) do‘konlari istiqboli uchun yozuvchining o‘z fikirlaridan kelib chiqgan holda xulosa va bir nechta takliflari keltirib o‘tilgan.
Bugungi kunda jahonda turizm sohasini yanada rivojlantirish, uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi ulushini oshirish, mamlakat hududlarida aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida turistik-rekreatsiya ob’ektlaridan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishga asos yaratadigan ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Shu jihatdan mazkur maqolada mamlakat hududlarida turistik xizmatlar bozorini rivojlantirishda marketing yondashuvining o‘rni tahlil qilingan.
О‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga bozor mexanizmlarini izchillik bilan joriy etish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish,raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, davlat kompaniyalarini transformatsiya qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish orqali barqaror iqtisodiy о‘sishni ta’minlash hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yо‘nalishlarini tashkil etadi. Mazkur iqtisodiy islohotlar doirasida hududlarning moliyaviy salohiyatini oshirish, yalpi hududiy mahsulot hamini oshirish kabi masalalar muhim о‘rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda mazkur maqolada hududlarning moliyaviy salohiyatini oshirishning nazariy jihatlari tahlil qilingan.