Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati 2017-yildan buyon savdoni liberallashtirish, diplomatik aloqalarni yaxshilash va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi saʼy-harakatlarI tufayli mamlakatimiz global iqtisodiyotda faol ishtirokchiga aylandi. Xususan, iqtisodiy rivojlangan Yevropa Ittifoqi va Germaniya kabi hamkorlar bilan savdo, investitsiya va ijtimoiy sohalarda sezilarli oʻsish kuzatildi. Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi bilan olib borgan tashqi iqtisodiy munosabatlar tahlili va savdo-iqtisodiy integratsiyalashuv darajasini tahlil qiladi. Oʻzbekistonning ikki davlat aloqalarni chuqurlashtirish uchun qanday imkoniyatlari borligini oʻrganadi. Yangi imkoniyat va loyihalar haqida batafsil maʼlumot beribgina qolmay, kelajakdagi erishish mumkin boʻlgan natijalarni muhokama qiladi.
Ushbu tadqiqotda "Industriya 4.0" konsepsiyasi doirasida toʻrtinchi sanoat inqilobining G7 mamlakatlari, Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy tizimlariga oʻzgartiruvchi taʼsiri zamonaviy ilmiy dalillarga asoslanib oʻrganiladi. Tadqiqotda katta maʼlumotlar (Big Data), narsalar interneti (IoT) va kiber-fizik tizimlar kabi raqamli texnologiyalarning integratsiyasi sanoat ishlab chiqarishni qayta shakllantirishi, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishi va barqaror rivojlanishga yordam berishi, shu bilan birga ijtimoiy va institutsional muammolarni keltirib chiqarishi koʻrib chiqiladi. Tadqiqotda tizimli tahlil va qiyosiy yondashuv qoʻllaniladi, bu esa Rossiyada Smart Grid kabi aqlli texnologiyalarning va Oʻzbekistonda IoT asosidagi qishloq xoʻjaligi yutuqlarining turlicha qoʻllanilishi hamda G7 mamlakatlarining avtomatlashtirish sohasidagi yetakchiligini taʼkidlaydi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, Industriya 4.0 iqtisodiy oʻsish va ekologik foyda keltirsa-da, u mehnat bozoridagi buzilishlarni kuchaytiradi va resurslarga boʻlgan talabni oshiradi, bu esa mustahkam institutsional islohotlar va "Adolatli oʻtish" tizimini joriy etishni talab qiladi. Ushbu qiyosiy tahlil turli iqtisodiy kontekstlarda texnologik taraqqiyot va ijtimoiy adolatni muvozanatlash uchun maxsus strategiyalarni ishlab chiqish zarurligini taʼkidlaydi.
Mazkur maqolada “yashil” iqtisodiyot va Parij bitimi qolaversa yurtimiz koʻmir korxonalarining, bitim talablari asosida unga oʻtish jarayoni, bu yoʻldagi saʼy-harakatlar, shu bilan birga Oʻzbekistonning ushbu sohadagi yutuqlari va kelgusidagi hamkorliklari yoritilgan. Maqolada iqlim oʻzgarishlari va barqaror rivojlanishning oʻzaro bogʻliqligi, Parij bitimi talablari jumlasidan “yashil” iqtisodiyotning iqtisodiy va ekologik ahamiyati tahlil qilinadi, shuningdek, koʻmir korxonalarini boshqarishda “yashil” iqtisodiyotni Parij bitimi amalida qoʻllash vositalariga toʻxtalib oʻtiladi va zamonaviy xorijiy tajribani oʻrganish orqali “Oʻzbekkoʻmir”AJ yoʻrdamida “yashil” iqtisodiyotni shakllantirib, yurtimiz iqtisodiyotiga oʻz hissasini qoʻshish boʻyicha takliflar beriladi.
Mazkur maqolada mintaqada tabiiy kapitalning iqtisodiy bahosi hamda uning iqtisodiy, inson va ekologik kapital bilan oʻzaro nisbati Xorazm viloyati misolida tahlil qilingan. 2010–2024-yillarda tabiiy kapitalning pulda ifodalangan dinamikasi oʻrganilib, statistik tahlil asosida kapitalning toʻrt shakli oʻrtasidagi tarkibiy oʻzgarishlar baholangan. Natijalar tabiiy kapital iqtisodiy qiymatining sezilarli oʻsganini, biroq ekologik kapital oʻsish surʼati boshqa kapital shakllaridan ortda qolayotganini koʻrsatadi. Bu iqtisodiy oʻsishni ekologik barqarorlik bilan muvozanatlashtirish zaruratini dolzarblashtiradi.
Maqolada moliyaviy ragʻbatlantirishning xorij tajribasi yordamida sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati koʻrib chiqilgan. Mazkur masala boʻyicha turli xil xorij davlatlari tajribasi oʻrganilgan va ularni sanoat korxonalarida foydalanish imkoniyatlari aniqlangan va baholangan. Innovatsion faoliyatni moliyaviy ragʻbatlantirishning xorij tajribasidan foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.