Maqolada bozor munosabatlaridagi asosiy iqtisodiy kategoriyalardan biri bo‘lgan mintaqa raqobatbardoshligi kategoriyasi tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada iqtisodiyotning hududiy va tarmoq tuzilmasidagi tarkibiy o‘zgarishlar, mintaqaviy iqtisodiyotning raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish zaruriyati belgilangan.
Ushbu maqolada investitsiyalardan samarali foydalanish asosida mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish nazariy va amaliy jihatlari yoritilib berilgan. Respublika hududlari bo‘yicha yalpi hududiy mahsulotlar hajmi va asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi dinamikasi tahlil qilingan. Shuningdek, investitsiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning texnologik tarkibi o‘rganilib, bu bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bilan solishtirma tahlil amalga oshirilgan. Bundan tashqari, investitsiyalardan samarali foydalanish asosida mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Мақола халқаро меҳнат миграцияси жараёнини таҳлил қилишга, унинг кўлами, географик йўналишлари ва сифат компонентига таъсир қилувчи омилларни аниқлашга бағишланган. Аммо, ривожланган мамлакатлардаги салбий демографик тенденциялар (туғилишнинг камайиши, аҳолининг кексайиши) уларнинг миллий меҳнат бозорларида номутаносибликларни келтириб чиқариши, миграцияни меҳнат ресурсларини тўлдиришнинг енг муҳим ва деярли ягона манбаига айлантириши аниқланди.
Ушбу мақолада Ўзбекистонда хусусий мулкчиликнинг миллий иқтисодиётни ривожланишдаги ўрни, хусусий сектор субъектлари фаолиятининг холати баҳоланган, ривожланиш тенденциялари ва уларнинг инвестицион фаоллиги қиёсий таҳлил қилинган. Мақолада мамлакатда давлат мулкини хусусийлаштириш тамойиллари, хусусиятлари, амалга ошириш босқичлари, хусусий секторни қўллаб-қувватлашга қаратилган иқтисодий ислоҳотларнинг мазмуни, таркиби, такомиллаштириш йўналишлари тадқиқ этилган. Хусусий мулкчиликни ривожланиш омиллари, таркиби, ривожланиш истиқболлари, кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни рақамлаштиришни миллий иқтисодиётнинг барқарор иқтисодий ривожланишини таъминлашга қаратилган илмий таклиф ва амалий тавсиялар ишлаб чиқилган.
Mamlakatimizda qurilish korxonalari boshqaruvidagi tashkiliy-iqtisodiy holatlar, qurilish qiymatini hisoblashning usullari va ularning uy-joylar narx-navosiga ta’siri. Mazkur maqolada aholining birlamchi ehtiyojlaridan boʻlmish uy-joyga boʻlgan talabni qondirishning imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida fikr yuritilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining demografik holati R Studio dasturidan foydalangan holda tahlil qilindi. Tadqiqot davomida mamlakatning tugʻilish, o‘lim, migratsiya va urbanizatsiya kabi asosiy demografik koʻrsatkichlari oʻrganildi. Natijalar mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi uchun muhim tavsiyalarni shakllantirishga asos yaratadi.
Ushbu maqolada demografik dividend haqida fikr yuritiladi. Unda demografik dividend toʻgʻrisidagi olimlarning nazariy qarashlari, demografik dividendning afzalliklari, foydalilik tomonlari, olish bosqichlari, demografik dividendga erishish uchun muhim boʻlgan omillar, sabablar va yoʻnalishlar oʻrganilgan.