Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida, sanoat tarmoqlariga investitsiyalarni jalb etish istiqbollari va imkoniyatlari, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, bu borada mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari, izlanishlari doirasida investitsiyalash istiqbollari, qiyosiy tahlillar amalga oshirildi.
O‘zbekistonda hududlarni barqaror va jadal rivojlantirish uchun ularning kompleks mutanosib rivojlanishi, resurslardan foydalanish samaradorligi, iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy salohiyatini baholashning yagona tizimini joriy etish, hududlarni rivojlantirish uchun zarur moliyaviy resurslar va imkoniyatlar bilan ta’minlash, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini yanada oshirish, mahalliy budjetga tushumlar to‘liqligini ta’minlash strategiyalarini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish borasidagi ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur maqolada hududlarni barqaror rivojlantirish masalalari ham nazariy va ham amaliy jihatdan yoritib berilgan.