YASHIL TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA SANOAT MODERNIZATSIYASINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI ESG KO‘RSATKICHLARI ORQALI BAHOLASH METODOLOGIYASI
DOI:
https://doi.org/10.60078/2026-vol5-iss3-pp126-131Annotasiya
Ushbu maqolada sanoat modernizatsiyasining iqtisodiy samaradorligini baholash masalasi ESG (Environmental, Social, Governance) ko‘rsatkichlari asosida, ayniqsa yashil texnologiyalarni joriy etish jarayoni bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ESG yondashuvi orqali sanoat modernizatsiyasini kompleks baholashga qaratilgan metodologik model O‘zbekiston sharoitida hali to‘liq shakllanmagan.
Tadqiqot jarayonida mamlakat sanoatida muhim o‘rin tutuvchi bir qator yirik korxonalar - “Navoiyazot” AJ, “Navoiyuran” DK, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda UzAuto Motors AJ - ning rasmiy ESG hisobotlari tahlil qilindi. Ushbu ma’lumotlar asosida mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan “Yashil ESG-modernizatsiya indeksi” (YEMI) amaliy sinovdan o‘tkazildi. Olingan natijalar O‘zbekistonda sanoat korxonalarida ESG hisobotchiligi hali shakllanish bosqichida ekanini ko‘rsatdi.
Shu bilan birga, YEMI indeksi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor maqsadlar bilan uyg‘un holda sanoat modernizatsiyasini har tomonlama va miqdoriy jihatdan baholash imkonini beruvchi amaliy instrument sifatida taklif etiladi.
Bibliografik manbalar
1. Ismoilov, B. A. (2024). “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi: yashil iqtisodiyot. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024(12). https://e-itt.uz
2. Muhammad, E. (2024). Iqtisodiy o‘sishni atrof-muhit degradatsiyasidan ajratish: O‘zbekistonda barqaror rivojlanish strategiyalari. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. https://doi.org/10.sci-p.uz/index.php/eitt/article/view/1940
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. (2022, 2-dekabr). 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida (PQ-436-son). https://lex.uz/docs/- 6303230
4. Xoliqov, A. R. (2025). Yashil iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish. Innovations in Science and Technologies, 6(2), 405–412. https://innoist.uz
5. Wu, Y., Zhang, L., & Chen, M. (2024). Technology empowerment: Digital transformation and enterprise ESG performance - Evidence from China’s manufacturing sector. PLOS ONE, 19(4), e0302029. https://doi.org/10.1371/journal.pone.0302029
6. Niu, D., & Wang, Z. (2024). Can ESG ratings promote green total factor productivity? Empirical evidence from Chinese listed companies. Heliyon, 10(8), e29224. https://doi.org/10.1016/j.heliyon.2024.e29224
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. (2022, 28-yanvar). 2022–2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida (PF-60-son). https://lex.uz/docs/-5841063
8. “Navoiyazot” AJ. (2024). 2024-yil uchun barqaror rivojlanish to‘g‘risidagi hisobot. https://www.navoiyazot.uz, “Navoiyuran” DK. (2024). 2024-yil bo‘yicha barqaror rivojlanish hisoboti - https://navoiyuran.uz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ. (2023). ESG holati to‘g‘risidagi hisobot - https://www.het.uz/oz/pages/view/ESG, UzAuto Motors AJ. (2023). Barqaror rivojlanish hisoboti. https://uzautomotors.com
Yuklashlar
Nashr qilingan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Litsenziya

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.