O‘ZBEKISTONDA ICHKI VALYUTA BOZORI TRANSFORMATSIYASI VA MOLIYA BOZORI BARQARORLIGI: 2025-YIL YAKUNLARI TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.60078/2026-vol5-iss1-pp123-128Annotasiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonda ichki valyuta bozorining 2025- yil yakunlari bo‘yicha transformatsiyasi va uning makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda valyuta talab-taklifi dinamikasi, yuridik va jismoniy shaxslar segmentidagi operatsion faollik, almashuv kursining tebranuvchanligi, pul o‘tkazmalari, dollarlashuv darajasi hamda milliy valyutadagi depozitlarning o‘sishi indikatorlari asosida baholash amalga oshirildi. Natijalar valyuta taklifi o‘sishining talabdan yuqori shakllangani, pul o‘tkazmalari oqimlarining ichki bozor likvidligini qo‘llab-quvvatlagani, kurs shakllanishida bozor mexanizmlari chuqurlashgani hamda so‘m aktivlari jozibadorligining ortgani bilan izohlanadi. Shu bilan birga, tebranuvchanlikning kengroq diapazonda shakllanishi moslashuvchan kurs rejimi sharoitida normal bozor moslashuvi sifatida talqin qilinadi. Yakunda valyuta bozori barqarorligini mustahkamlash, dedollarlashuvni jadallashtirish va kommunikatsion siyosatni kuchaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi
Bibliografik manbalar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Ichki valyuta bozori sharhi: 2025-yil yakuni bo‘yicha. – Toshkent, 2026. https://cbu.uz/upload/iblock/b5d/ 9x2h543hbud1gjctem7hzsxt1h0c09y7/SHar_-yillik_lotin.pdf
International Monetary Fund. The Mundell-Fleming Lecture: Monetary-Fiscal Policy Interactions in the Open Economy / IMF Working Paper. – Washington, DC: IMF, 2002. https://www.imf.org/external/pubs/ft/ wp/2002/wp02107.pdf
Calvo G. A., Reinhart C. M. Fear of Floating // Quarterly Journal of Economics. – 2002. – Vol. 117(2). – P. 379–408. https://www.researchgate.net/ publication/247712866_Fear_Of_Floating
Bank for International Settlements. Triennial Central Bank Survey of Foreign Exchange and OTC Derivatives Markets (2022). – Basel: BIS, 2022. https:/ /www.bis.org/publ/work1229.pdf
International Monetary Fund. Annual Report on Exchange Arrangements and Exchange Restrictions 2023. – Washington, DC: IMF, 2024. https://www.elibrary.imf.org/display/book/9798400260391/9798400260391.xml?cid=lk-com-dsp-imf.org
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Pul-kredit siyosatining 2025 yil va 2026-2027 yilar davriga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari. – Toshkent, 2024. https://cbu.uz/upload/medialibrary/afe/e4wiw1uxgs 8623rebl9f1z12kvoz1njg/Pul_kredit_siyosati_asosiy_yunalishlari.pdf
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Statistik Byulleteni. – Toshkent, 2026.
https://cbu.uz/upload/medialibrary/b2f/3yi0t46xn 18o2xhigpj fveku2jscf702/MB-Statistik-byulleteni-_-2025-yil.pdf
Shamansurova, Z., O'rinboyev, U., & O'rinboyev, UB "O'zbekiston-2030" strategiyasi doirasida milliy valyuta barqarorligini ta'minlashning ustuvor yo'nalishlari. Ilg'or iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar , 1 (3), 100-106. https://www.neliti.com/publications/636581/priority-directions-for-ensuring-national-currency-stability-within-the-framewor
Yuklashlar
Nashr qilingan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Litsenziya

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.