BUXGALTERIYA AXBOROTINING MIQDOR VA SIFAT JIHATLARI BILAN BOG‘LIQ MASALALAR
DOI:
https://doi.org/10.60078/3060-4842-2026-vol3-iss3-pp29-34Annotasiya
Mazkur maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, moliyalashtirish manbalarini jalb etish hamda boshqaruv qarorlarini samarali qabul qilishda buxgalteriya axborotining miqdor va sifat jihatlari muhim omil ekanligi yoritilgan. Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini manfaatdor foydalanuvchilar, xususan tijorat banklari, investorlar va kreditorlar nuqtai nazaridan shaffof, aniq, ishonchli va iqtisodiy mazmuniga mos holda taqdim etish bilan bog‘liq mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, moliyaviy tahlil jarayonida ayrim balans moddalari iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqib qayta tasniflanishi orqali buxgalteriya axborotining miqdoriy va sifat tavsiflari uyg‘unligini ta’minlash, natijada korxonaning to‘lovga qobiliyatliligi hamda moliyaviy barqarorligini haqqoniy baholashga xizmat qiluvchi yondashuvlar asoslab berilgan
Kalit so‘zlar:
buxgalteriya axboroti moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) debitorlik qarzi tovar-moddiy zaxiralar sifat tavsifi miqdor tavsifi moliyaviy tahlil likvidlik ko‘rsatkichlariBibliografik manbalar
Adashaliyev B.V. (2024) Xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻlovga layoqatliligini barklar faoliyatiga taʼsirini baholash yoʻllari // Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi avtoreferati. ‒ Toshkent, ‒ B.58.
BHMS №21 (2025) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash yo‘riqnomasi”.
BHMS №23 “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot va sho‘ba korxonalarga investitsiyalar hisobi”.
IFRS Conceptual Framework. – International Accounting Standards Board (IASB), London.
Mavlanov N. (2019) Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kreditga layoqatliligi tahlili va baholashni takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi avtoreferati. ‒ Toshkent, ‒ B.15.
Qonun (2016) O‘zbekiston Respublikasi. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 404- sonli Qonuni (yangi tahrir). – Toshkent.
Turdiyeva G. (2019) Xoʻjalik yurituvchi subyektlar kredit qobiliyati tahlilining nazariy va tashkiliy-uslubiy jihatlarini takomillashtirish. Avtoreferat. Toshkent.






