QONUN USTUVORLIGI VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING O‘ZBEKISTONNING XOMASHYOSIZ EKSPORTIGA TA’SIRI: GRAVITATSIYA MODELIGA ASOSLANGAN EMPIRIK TAHLIL

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.60078/3060-4842-2026-vol3-iss1-pp170-177

Annotasiya

Maqolada qonun ustuvorligi va korrupsiya bilan kurashishning Oʻzbekistonning xomashyosiz eksportiga ta’siri empirik jihatdan tahlil qilinadi. Globallashuv va xalqaro raqobatning kuchayishi sharoitida institutsional muhit tashqi savdo raqobatbardoshligining muhim omillaridan biri hisoblanadi. 2001–2022 yillarni qamrab olgan panel ma’lumotlar va kengaytirilgan gravitatsion savdo modeli asosida korrupsiyani nazorat qilish hamda qonun ustuvorligi ko‘rsatkichlarining xomashyosiz eksport hajmlariga ta’siri baholanadi. Tadqiqot natijalari qonun ustuvorligi va korrupsiya bilan kurashish eksport hajmlariga ijobiy va statistik jihatdan ahamiyatli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Olingan xulosalar eksportni diversifikatsiya qilish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar eksportini rivojlantirish institutsional islohotlarsiz mumkin emasligini ko‘rsatadi

Kalit so‘zlar:

davlat boshqaruvi xomashyosiz eksport korrupsiya qonun ustuvorligi gravitatsion model

Bibliografik manbalar

Anderson J.E., van Wincoop E. (2003). Gravity with gravitas: A solution to the border puzzle // American Economic Review, 93(1), P. 170–192.

Centre d'Etudes Prospectives et d'Informations Internationales (2023). GeoDist Database. Paris.

Hirst P. (2000) Democracy and Governance. Debating Governance: Authority, Steering, and Democracy. Ed. by J. Pierre. – Oxford: Oxford University Press, P. 13–35.

Krasniqi B., Desai S. (2016). Institutional drivers of high-growth firms: country-level evidence from 26 transition economies // Small Business Economics (Springer), vol. 47(4), P. 1075–1094.

Rodrik D. (2004). Institutions rule: The primacy of institutions over geography and integration in economic development // Journal of Economic Growth, 9(2), P. 131–165.

World Bank (2022). Worldwide Governance Indicators. Washington, DC.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Turdibayeva , M. (2026). QONUN USTUVORLIGI VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING O‘ZBEKISTONNING XOMASHYOSIZ EKSPORTIGA TA’SIRI: GRAVITATSIYA MODELIGA ASOSLANGAN EMPIRIK TAHLIL. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 3(1), 170-177. https://doi.org/10.60078/3060-4842-2026-vol3-iss1-pp170-177