MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA TIJORAT BANKLARI KREDITLARINING DOLZARBLIGI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.60078/3060-4842-2025-vol2-iss6-pp487-493

Annotasiya

Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni, xususan, investitsion loyihalarni moliyalashtirish, bandlik darajasini oshirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etishdagi faoliyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda “Yangi O‘zbekiston – 2030” dasturi va 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi kabi strategik hujjatlarning bank tizimini rivojlantirishdagi ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston bank tizimining asosiy ko‘rsatkichlari (aktivlar, kreditlar, kapital va depozitlar) bo‘yicha chuqur tahlil o‘tkazilgan. Xususan, davlat ulushi mavjud banklar va boshqa banklar o‘rtasidagi farqlar, ularning bozordagi ulushlari va iqtisodiy barqarorlikka ta’siri statistik ma’lumotlar asosida ko‘rsatib berilgan. Tahlil natijasida davlat banklarining bozorda ustun mavqega ega ekanligini, biroq boshqa banklarning depozitlarni jalb qilishda deyarli teng raqobatlasha olishi aniqlandi. Shuningdek, tijorat banklarining kreditlash faoliyati va muammoli kreditlar (NPL) hajmi bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etilib, bu boradagi risklar va samaradorlik baholangan.

Kalit so‘zlar:

tijorat banklari bank kreditlari bank aktivlari moliyalashtirish investitsion loyihalar muammoli kreditlar (NPL) depozitlar kapital

Bibliografik manbalar

Fontana, G. & Passarella, M. (2015). Commercial Banks as the Transmission Mechanism of Monetary Policy: The Role in Money Supply Creation. Journal of Monetary Economics, Vol. 72, 101-114 b.

Jaiswal, M. & Tripathi, V. K. (2018). Role of Commercial Banks in Economic Stability: A Comprehensive Study. International Journal of Banking and Finance, Vol. 6, No. 2, 45-59 b.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/5-son qarori. Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Omonov A.A. Tijorat banklarining resurslarini samarali boshqarish masalalari. I.f.d. ilm. dar. ol. uchun diss. – Toshkent, 2008.

The Role of Commercial Banks in Economic Development and Financial Inclusion: International Journal of Economics and Finance. – 2019. – Vol. 11, No. 3. – P. 85-98.

Матовников М.Ю. Банковская система России и долгосрочные ресурсы//Деньги и кредит. – Москва, 2013. - №5. - С. 19.

Синки Дж. Финансовый менеджмент в коммерческом банке и в индустрии финансовых услуг. Пер. с англ. – М.: Альпина Паблишер, 2017. – С.338.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Nomozov , U. (2025). MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA TIJORAT BANKLARI KREDITLARINING DOLZARBLIGI. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 2(6), 487-493. https://doi.org/10.60078/3060-4842-2025-vol2-iss6-pp487-493