O‘ZBEKISTONDA TAKAFUL SUG‘URTA BOZORINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
DOI:
https://doi.org/10.60078/3060-4842-2026-vol3-iss3-pp928-934Annotasiya
Maqolada O‘zbekiston moliya bozorida islomiy sug‘urta- takaful tizimini joriy etish va rivojlantirishning obyektiv zaruriyatlari hamda istiqbollari tadqiq etilgan. Mamlakatimizda aholining va tadbirkorlik subyektlarining diniy qarashlari tufayli an’anaviy sug‘urtadan foydalanmaslik holatlari tahlil qilinib, takaful modelining iqtisodiy-huquqiy afzalliklari ochib berilgan. Shuningdek, raqamli transformatsiya sharoitida mobil ilovalar va FinTech (fintex) yechimlarning takaful bozorini shakllantirish hamda aholi xabardorligini oshirishdagi o‘rni ilmiy gipotezalar asosida asoslab berilgan
Kalit so‘zlar:
takaful islomiy moliya tabarru an’anaviy sug‘urta FinTech mobil ilovalar raqamli transformatsiya gipotezaBibliografik manbalar
Alimov Sh. (2026) “Takoful sug‘urta bozorining meʼyoriy-huquqiy asoslari” maqola “Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil” ilmiy electron jurnal, 37-b.
Farmon (2022) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022- 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni. 947 “RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 15-SON | 2026 WWW.INFOCOM.UZ.
Laura Maria Franciosi (2025) Islamic Finance and Sustainable Development: Key Ethical Features and Proactive Initiatives Promoting Financial Inclusion. Published: 31.07.2025 30-47-b.
Muhammad Ayub (2015) “Understanding Islamic Finance”. Wiley Finance Series. avgust 544-bet.
Qaror (2019) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasining moliya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4385-son Qarori.
Qonun (2023) Oʻzbekiston Respublikasining “Islomiy moliya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki.
Soliyev D.J. (2026) “O‘zbekistonda islomiy moliya munosabatlarini joriy etish:muammo va yechimlar”. “Raqamli Iqtisodiyot” ilmiy elektron jurnali. 937-947 b.






