OLIY TA’LIM MUASSASALARINING HUQUQIY MAQOMINI TAKOMILLASHTIRISH VA “DAXLSIZ JAMG‘ARMA (ENDOWMENT)” INSTITUTINI JORIY ETISH
DOI:
https://doi.org/10.60078/3060-4842-2026-vol3-iss3-pp790-795Annotasiya
Maqolada oliy ta’lim muassasalariga berilgan moliyaviy va akademik mustaqillikning huquqiy asoslari tahlil qilingan, amaldagi qonunchilikdagi bo‘shliqlar aniqlangan va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda oliy ta’lim muassasasining “byudjet tashkiloti” maqomi bilan berilgan mustaqillik o‘rtasidagi huquqiy nomuvofiqlik asoslab berilgan. Muallif tomonidan oliy ta’lim muassasasi uchun “daxlsiz jamg‘arma (endowment fund)” institutini huquqiy tartibga solish modeli taklif etilib, uning asosiy elementlari korpusning daxlsizligi, sarflash tartibi, homiylar uchun soliq rag‘batlari va boshqaruv mexanizmi belgilangan. Mazkur institut moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash va muassasaning uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini ta’minlashning strategik vositasi sifatida asoslangan
Kalit so‘zlar:
oliy ta’lim moliyaviy mustaqillik akademik avtonomiya huquqiy maqom qonunchilik bo‘shliqlari daxlsiz jamg‘arma “endowment” moliyaviy diversifikatsiya avtonom ta’lim muassasasi korpus daxlsizligiBibliografik manbalar
Becker, G. S. (1964). Human capital: A theoretical and empirical analysis, with special reference to education. Columbia University Press.
Farmon (2019) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni. 2019-yil 8-oktabr, PF-5847-son. Toshkent.
Farmon (2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. 2023-yil 3-iyul, PF-107-son. Toshkent.
Marginson, S. (2018). Global trends in higher education financing: The United Kingdom. International Journal of Educational Development, 58, 26–36.
OECD. (2024). Education at a glance 2024: OECD indicators. OECD Publishing.
Qaror (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. 2021-yil 24-dekabr, PQ-60-son. Toshkent.
Qaror (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 2021-yil 24-dekabr, PQ-61-son. Toshkent.
Qonun (2020) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020-yil 23-sentyabr, O‘RQ-637-son. Toshkent.
Teichler, U. (2018). Recent changes of financing higher education in Germany and their intended and unintended consequences. International Journal of Educational Development, 58, 37–46.
World Bank. (2018). The human capital project. World Bank Group.






