Maqolada O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda turistik marshrutlarni shakllantirish jarayonida mintaqalarning qamrab olinish darajasini oshirish masalalariga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari keltirilgan. Muallif tomonidan mintaqaviy turistik imkoniyatlarni chuqur o‘rganish, noan’anaviy va alternativ turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali hududiy qamrovni kengaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar berilgan.
Ushbu mavzuda Qoraqalpogʻiston Respublikasida gastronomik turizmning rivojlanish, uning imkoniyatlari, bugungi kunda turizm sohasi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, qolaversa, gastronomik turizm resurslari tahlili olib borilgan. Bunda asosiy e’tibor qoraqalpoqlarga tegishli milliy taomlar, ularning tayyorlanish texnologiyasi, uni turizm marshrutlariga kiritish, milliy taomlarning turlari va tavsifi keltirib oʻtilgan. Shuningdek, qoraqalpoqlarning eng asosiy taomlari roʻyxati muallif tomonidan izlanishlar asosida tuzib chiqilgan va tahlil qilingan.
Ushbu tadqiqot ishida turizm infratuzilmasi mazmuni tahlili o‘rganilib, mamlakatning transport tarmoqlari, raqamli (smart) xizmatlar, ekologik monitoring va favqulodda holatlarga moslashuvchanlik komponentlarini o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv asosida infratuzilma holatini baholashni ko‘zlaydi. Tadqiqotda transport infratuzilmasi, smart tourism ilovalari, yashil infratuzilma va pandemiyagacha hamda undan keyingi moslashuv (resilience) omillari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, mintaqaviy nomutanosiblik va raqamli inklyuzivlik muammolari ham yoritiladi, yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar tahlil qilinadi. Tadqiqotdan asosiy maqsad turizm infratuzilmasini integratsiyalashgan baholash modeliga asoslanib o‘rganish, mavjud kuchli va zaif tomonlarni aniqlash va favqulodda vaziyatlarda moslashuvchanlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Shuningdek, ushbu tadqiqotsiyosatchilar va davlat boshqaruvi organlari, turizm sohasi operatorlari va raqamli platformalar egalari, akademik tadqiqotchilar va oliy ta’lim muassasasi talabalari, mahalliy jamoalar va mintaqaviy rivojlanish mutaxassislari hamdaekologiya va atrof-muhitni boshqarish tashkilotlari va urbanizatsiyani rivojlantiruvchi soha mutaxasislariga ahamiyatli hisoblanadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi turizm infratuzilmasini transport, smart xizmatlar, ekologik monitoring va moslashuv komponentlarini birlashtirgan baholash modeli va empirik indikatorlar to‘plamini ishlab chiqish orqali mavzuga yangi nazariy va amaliy hissa qo‘shadi