Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida zamonaviy ultrafiltratsiya texnologiyalarining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Ultrafiltratsiyaning ekologik xavfsizligi, kimyoviy moddalarga kam bog‘liqligi, mikroorganizmlarni yuqori darajada tozalash imkoniyati hamda suv resurslaridan tejamkor foydalanish kabi afzalliklari tahlil etiladi. Shuningdek, mazkur texnologiyani chekka va suv taqchilligidan aziyat chekayotgan hududlarda joriy etish orqali aholi salomatligini himoya qilish, yashash sharoitlarini yaxshilash va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada ultrafiltratsiya usulining an’anaviy suv tozalash usullari bilan taqqoslanishi, iqtisodiy samaradorligi va barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiqligi asoslab berilgan.
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatidagi dehqon xo‘jaliklari faoliyatida yer resurslaridan foydalanish holati va uning zamonaviy tahlili yoritilgan. Tabiiy-geografik sharoit, iqlim omillari, yer sifati, suv resurslariga ega bo‘lish darajasi va agrotexnik xizmatlar holati asosida mintaqaviy dehqon xo‘jaliklarining yerga munosabati o‘rganilgan. Yerga ishlov berish madaniyati, ekinlar tarkibi, texnologik vositalar bilan ta’minlanish, davlat qo‘llovi va ekologik barqarorlik omillari tahlil etilgan. Tahlil natijasida mavjud muammolar va istiqboldagi imkoniyatlar aniqlanib, dehqon xo‘jaliklarining yer resurslaridan samarali foydalanishini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan