Ushbu maqolada Amir Temur va temuriylar davrida amalga oshirilgan pul islohoti va uni tashkil etish mexanizmi tadqiq etilgan. Temuriylar davrida pul tizimining tarkibiy elementlari hisoblangan zarbxonalar faoliyati, pul birliklarini joriy etish yo‘llari asoslangan. Pul muomalasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni rivojlanish xususiyatlariga asosan pul islohotini amalga oshirishning mavjud yo‘nalishlari tizimlashtirilgan. XIV-XV asrlarda tashqi va ichki savdo jarayonlarida tovar ayriboshlashni muvofiqlashtirishda pul muomalasini tashkil etishning o‘rni borasida tegishli xulosalar shakllantirilgan
Ushbu maqola markaziy bank raqamli valyutasining (CBDC) pul tizimining ishlashiga ta’sirini o‘rganuvchi tadqiqotlarni har tomonlama tahlil qiladi. Tadqiqotlarning tizimli tahlili va sintezi asosida pul tizimining asosiy elementlarini, jumladan, pul agregatlari, inflyatsiya, foiz stavkalari va bank likvidligini qamrab oluvchi raqamli valyutaning ta’sir yo‘nalishlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari raqamli valyutalarni joriy etish strategiyalarini ishlab chiqish va ularning makroiqtisodiy barqarorlikka potensial ta’sirini baholash uchun foydali bo‘lishi mumkin
Ushbu maqolada O‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish jarayoni, uning rivojlanish omillari va mavjud muammolar tahlil qilingan. So‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan elektron to‘lov vositalaridan foydalanish tendensiyalari sezilarli darajada kuchaygan bo‘lsa-da, ular bo‘yicha ayrim cheklovlar, infratuzilma yetishmovchiligi, aholining raqamli savodxonligi va bank tizimiga ishonch darajasi kabi omillar jarayonni sekinlashtirayotganligi aniqlangan. Tadqiqotda O‘zbekiston, Turkiya va Qozog‘iston tajribalarini solishtiruvchi tahlil o‘tkazilgan, shuningdek 2017–2024 yillar davomida banklardagi jami mablag‘lar, elektron pullar ulushi va muddatli depozitlar tarkibidagi o‘zgarishlar statistik ko‘rsatkichlar orqali yoritilgan. Natijalar aholining elektron pullardan foydalanishida sezilarli o‘sish kuzatilgan bo‘lsa-da, ularning umumiy bank mablag‘laridagi ulushi kamayganini ko‘rsatadi. Bu o‘zgarishlar raqamli infratuzilmaning rivojlanishi, xavfsizlik tizimlari, aholining raqamli savodxonligi va davlatning tartibga solish siyosati bilan bevosita bog‘liqligi ta’kidlangan. Muallif, elektron pul bozori rivojini rag‘batlantirish uchun infratuzilmani kengaytirish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish, raqamli savodxonlikni oshirish va qonunchilikni takomillashtirish zarurligini asoslab beradi.
Iqtisodiyotda pul mablag‘larining aylanishi asosan xo‘jalik subyektlari o‘rtasida amalga oshirilgan naqd pulsiz hisob-kitoblar orqali amalga oshiriladi. Xo‘jalik subyektlari o‘rtasida naqdsiz pul mablag‘larini harakatlanishiga bir qancha omillar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham mazkur naqd pulsiz hisob-kitoblarga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega
Hozirda jahon miqiyosida moliyaviy menejmentning asosiy funksional elementi hisoblangan moliyaviy rejalashtirish tizimini takomillashtirish masalalari keng tadqiq etilmoqda. Xususan, global pandemiya sharoitida tashqi bozorlardagi o‘zgaruvchan muhitga tez moslanuvchan moliyaviy rejalashtirish tizimi va uning strategik rejalar bilan uyg‘unlashtirilgan mukammal modelini shakllantirish yuzasidan maqsadli izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, moliyaviy menejmentning asosiy funksional elementlaridan biri kompaniyalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini kompleks baholashning keng ko‘rsatkichlar arsenalini mujassamlashtiruvchi moliyaviy diagnostikaning tashkiliy arxitekturasini takomillashtirishga e’tibor qaratilmoqda.