ELEKTRON PULLAR VA ULARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.60078/3060-4842-2025-vol2-iss6-pp349-358

Annotasiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish jarayoni, uning rivojlanish omillari va mavjud muammolar tahlil qilingan. So‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan elektron to‘lov vositalaridan foydalanish tendensiyalari sezilarli darajada kuchaygan bo‘lsa-da, ular bo‘yicha ayrim cheklovlar, infratuzilma yetishmovchiligi, aholining raqamli savodxonligi va bank tizimiga ishonch darajasi kabi omillar jarayonni sekinlashtirayotganligi aniqlangan. Tadqiqotda O‘zbekiston, Turkiya va Qozog‘iston tajribalarini solishtiruvchi tahlil o‘tkazilgan, shuningdek 2017–2024 yillar davomida banklardagi jami mablag‘lar, elektron pullar ulushi va muddatli depozitlar tarkibidagi o‘zgarishlar statistik ko‘rsatkichlar orqali yoritilgan. Natijalar aholining elektron pullardan foydalanishida sezilarli o‘sish kuzatilgan bo‘lsa-da, ularning umumiy bank mablag‘laridagi ulushi kamayganini ko‘rsatadi. Bu o‘zgarishlar raqamli infratuzilmaning rivojlanishi, xavfsizlik tizimlari, aholining raqamli savodxonligi va davlatning tartibga solish siyosati bilan bevosita bog‘liqligi ta’kidlangan. Muallif, elektron pul bozori rivojini rag‘batlantirish uchun infratuzilmani kengaytirish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish, raqamli savodxonlikni oshirish va qonunchilikni takomillashtirish zarurligini asoslab beradi.

Kalit so‘zlar:

elektron pul raqamli iqtisodiyot elektron to‘lov tizimi plastik karta raqamli savodxonlik kiberxavfsizlik bank tizimi muddatli depozitlar elektron hamyon infratuzilma QR-kod to‘lovlari O‘zbekiston bank sektori

Bibliografik manbalar

Chaum, D. (1983). Blind signatures for untraceable payments. Advances in Cryptology, 199–203.

Chen, B., Liu, Y., Bao, H., Chen, M., & Bao, B. (2025). Periodic bursting and boundary equilibrium bifurcation in a simplified McKean neuron model. Physica Scripta, 100(4), 045227.

IMF. (2021). Fintech and digital payments adoption: Global trends and policy recommendations. International Monetary Fund.

Karimov, A., & Rasulov, B. (2023). Digital payment adoption and financial behavior in Uzbekistan. Central Asian Economic Review, 11(3), 112–126.

Kose, M., & Akçay, S. (2020). Digital wallets and user trust: Evidence from Turkey’s Papara and Paycell systems. Turkish Journal of Financial Technologies, 12(1), 67–79.

Nakamoto, S. (2008). Bitcoin: A peer-to-peer electronic cash system. https://bitcoin.org/bitcoin.pdf.

Nasruddin, E. D., & Ismoilova, G. P. (2021) Rakhmatullaeva, Nargiza Associate Prof.; and Khodjaeva, Shodiyabonu Associate Prof. " THE ROLE OF INFORMATION TO DEVELOP MARKETING,". International Finance and Accounting, 2021(6).

OECD. (2020). Digital transformation in financial services: The role of fintech and digital payments. OECD Publishing.

Raqamli iqtisodiyot va elektron to‘lov tizimlarining rivoji bo‘yicha yillik hisobot. Toshkent: MDIT. (2022).

UNDP. (2019). Digital literacy and financial inclusion in developing countries. UNDP Regional Report.

World Bank. (2022). Digital financial services: Innovations and trends in developing economies. World Bank Reports.

Yerzhanova, A., & Suleimenov, M. (2021). The rise of super-app ecosystems: Case of Kaspi.kz in Kazakhstan. Journal of Digital Economy, 5(2), 45–58.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Ismoilova , G. (2025). ELEKTRON PULLAR VA ULARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 2(6), 349-358. https://doi.org/10.60078/3060-4842-2025-vol2-iss6-pp349-358