Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida mehnat bozorini isloh qilish sharoitida kadrlar tayyorlash tizimini transformatsiya qilishda strategik instrument sifatida professional standartlarning ahamiyati koʻrib chiqiladi. Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Rossiya va Albaniya tajribasi asosida professional malakalarni shakllantirish va joriy etishga doir yondashuvlarning taqqoslama tahlili keltirilgan. Oʻzbekistonda turizm sohasidagi me’yoriy baza va amaliy faoliyat tahlil qilingan holda asosiy muammo va to‘siqlar aniqlangan. Empirik tadqiqot natijalariga koʻra, professional standartlarga nisbatan ish beruvchilar va ta’lim muassasalarining munosabati baholandi hamda milliy malakalar tizimini rivojlantirish boʻyicha yoʻnalishlar belgilandi. Xalqaro tajribalarni milliy shart-sharoitlarga moslashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. SWOT-tahlil natijalari asosida standartlarni joriy etish va yangilash mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.
O‘zbekistonda xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni kasbga yo‘naltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xotin-qizlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini yaxshilash gender tengsizligiga barham berishda muhim o‘rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada xotin-qizlar bandligini ta’minlashda kasbiy tayyorgarlik tizimi masalalariga e’tibor qaratilgan.
Ushbu maqolada, banklarni transformatsiyalash jarayonining nazariy asoslari tadqiq etilib, xorij olimlarining transformatsiyalashga doir ilmiy-nazariy qarashlari va mualliflik taʼriflari keltirib oʻtilgan. Shuningdek, transformatsiya jarayonining zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda bank samaradorligiga taʼsiri, mijozlarga boʻlgan yondashuvlarni ishlab chiqish, transformatsiyalashda bank xodimlarini malakasini oshirish va malakali kadrlarni bank amaliyotiga jalb etishga doir tadqiqotlar amalga oshirilgan
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimi va mehnat bozori integratsiyasi asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning boshqaruv yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotda ta’lim mazmunini mehnat bozoridagi zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirish, oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, raqobatbardosh kadrlar uchun zarur bo‘lgan asosiy kompetensiyalar – kasbiy malaka, innovatsion tafakkur, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish va xorijiy tillarni bilish darajasi aniqlangan. Tadqiqot metodologiyasi doirasida adabiyotlar tahlili, so‘rovnomalar va mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda tahliliy usullar qo‘llanildi. Natijalar asosida oliy ta’lim tizimini mehnat bozoriga moslashtirish, amaliy tajribani kuchaytirish va mintaqaviy ehtiyojlarni inobatga olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi