Ushbu maqolada O‘zbekiston KO‘B sektorida xodimlarni motivatsiya qilish tizimining hozirgi holati empirik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. 100 dan oshiq korxona va 1500 nafardan ortiq xodim ishtirokida olib borilgan tadqiqot moddiy rag‘batlantirish usullarining ustunligini (64,8%) va nomoddiy motivatsiya vositalarining kam qo‘llanilishini (o‘rtacha 35%) aniqlagan. Korrelyatsion tahlil motivatsiya va mehnat unumdorligi o‘rtasida kuchli musbat bog‘liqlik (r = 0,78, p < 0,001) mavjudligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kompleks motivatsiya tizimini qo‘llaydigan korxonalarda xodimlar qoniqishi 74,8%, rotatsiya esa 14,8% ni tashkil etgan. Maqolada tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, KO‘B sektorida motivatsion tizimni yanada takomillashtirish hamda uning samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy takliflar berilgan.
Mazkur maqolada to‘qimachilik korxonalarida mehnat unumdorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mehnat unumdorligining iqtisodiy mohiyati, unga ta’sir etuvchi asosiy omillar hamda ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, avtomatlashtirish, xodimlar malakasini oshirish va motivatsiya tizimlarini takomillashtirish orqali mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Maqolada mehnat unumdorligini oshirishning iqtisodiy samarasi, xususan, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulot tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirishga ta’siri ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot natijalari asosida to‘qimachilik korxonalarida samaradorlikni oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu tavsiyalar ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, resurslardan samarali foydalanish va korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy taʼlim tizimidagi oʻrni, ularning talabalar kognitiv (bilish) va motivatsion sohalariga taʼsiri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Piaje, Vigotskiy va Bandura kabi olimlarning nazariyalariga tayangan holda, raqamli muhitning fikrlash, xotira va oʻquv motivatsiyasiga taʼsiri yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning pedagogik imkoniyatlari va psixologik xavflarini kamaytirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.