Mazkur ilmiy maqolada turizm industriyasining mazmuni, tarkibi va rivojlanish bosqichlari olimlar fikrlari asosida yoritilib, sanoatning shakllanishida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy omillarning o‘rni ko‘rsatib beriladi. Turizm industriyasining zamonaviy tarkibi, shuningdek, global tendensiyalar, kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil etilgan hamda sohani yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.
Maqolada O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda turistik marshrutlarni shakllantirish jarayonida mintaqalarning qamrab olinish darajasini oshirish masalalariga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari keltirilgan. Muallif tomonidan mintaqaviy turistik imkoniyatlarni chuqur o‘rganish, noan’anaviy va alternativ turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali hududiy qamrovni kengaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar berilgan.
Mazkur maqolada turizm xizmatlari samaradorligini oshirishda klasterlash yondashuvining roli, uning iqtisodiy mexanizmlari hamda amaliy qo‘llanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning amaliy qismi sifatida Samarqand shahrining turizm hududlari geografik-klasterlik nuqtayi nazaridan o‘rganilib, shahar hududida shakllangan tarixiy, transport, ilmiy-madaniy, zamonaviy dam olish va aeroport klasterlarining fazoviy tuzilishi aniqlangan. Xaritaga asoslangan tahlil turizm oqimining asosiy markazlari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmaning o‘zaro integratsiyalashganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, turizm klasterlari tizimining iqtisodiy samaradorlikka ta’siri, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar orqali tarmoq ishtirokchilarining o‘zaro manfaatli hamkorligini kuchaytirish yo‘llari haqida takliflar berilgan.
Maqolada turizm sohasida raqamli marketing vositalaridan foydalanishning dolzarbligi va istiqbollari tahlil qilingan. Raqamli marketingning nazariy asoslari hamda amaliy qo‘llanish mexanizmlari yoritilib, pandemiyadan oldingi va keyingi davrdagi marketing vositalari taqqoslangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy reklama vositalari asta-sekin zamonaviy raqamli yondashuvlar bilan almashinib, turizm marketingida raqamli texnologiyalar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Shu orqali sohada samaradorlik, xalqaro ko‘rinish va raqobatbardoshlik sezilarli darajada oshmoqda.
Мақола замонавий технологиялар шароитида туристларни суғурталашнинг долзарблиги ва ривожланишини таҳлил қилишга бағишланган. Суғурта соҳасида жараёнларни рақамлаштириш, суғурта маҳсулотларини шахсийлаштириш учун сунъий интеллектдан фойдаланиш, транзакциялар хавфсизлиги ва шаффофлигини ошириш учун блокчейн технологияларини жорий этиш каби асосий тенденциялар таҳлил қилинди. Бунда асосий эътибор янги технологиялар мижозларга хизмат кўрсатишни яхшилаш, харажатларни камайтириш ва суғурта маҳсулотларини туристлар учун янада қулайроқ қилишига қаратилгандир.
Ushbu maqolada mehmondo‘stlik xizmatlarida raqamli axborot tizimlarini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Zamonaviy texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda xarajatlarni kamaytirish orqali foyda ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyatlarini kenaytirish ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida bu tizimlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha muammolar va takliflar bayon etilgan.