Ushbu maqolada Oʻzbekistonda maxsus iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi va rivojlanishining zamonaviy holati tahlil qilingan. Mamlakat iqtisodiyotida maxsus iqtisodiy zonalarning tutgan oʻrni, ularning investitsiyalarni jalb etish, sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish oʻrinlarini yaratishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatining huquqiy-institutsional asoslari, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishning ustuvor yoʻnalishlari oʻrganilgan. Tadqiqot davomida maxsus iqtisodiy zonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi omillar va xorijiy tajriba asosida istiqboldagi rivojlanish imkoniyatlari tahlil etilgan
Ushbu tadqiqotda maxsus iqtisodiy zonalarning (MIZ) iqtisodiy o‘sish, hududiy rivojlanish, investitsiyalar, bandlik va eksportga ta'siri bo‘yicha mavjud empirik tadqiqotlar tizimli ravishda tahlil qilindi. Tadqiqot PRISMA tamoyillari asosida Systematic Literature Review metodologiyasi yordamida amalga oshirildi. Tahlilga 2000–2026-yillarda chop etilgan 29 ta ilmiy maqola kiritildi. Natijalar MIZlar ko‘plab mamlakatlarda iqtisodiy faollikni oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilganligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, ularning samaradorligi institutsional sifat, boshqaruv tizimi, infratuzilma va mahalliy iqtisodiyot bilan integratsiya darajasiga bog‘liq ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari MIZlarning iqtisodiy rivojlanishdagi rolini baholash hamda kelgusidagi tadqiqot yo‘nalishlarini aniqlash uchun muhim ilmiy asos yaratadi
Investitsiyalar iqtisodiy tiklanishning kalitidir va turli mamlakatlar doimiy ravishda bir xil muammo bilan kurashmoqda uni qanday jalb qilish. Maxsus iqtisodiy zonalarni u yoki bu shaklda yaratish iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning samarali makroiqtisodiy vositalaridan biridir. Ushbu maqolada MIXlar O‘zbekiston hududlariga ta’siri nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi va ularning hozirgi rivojlanishi tahlil qilinadi. MIXlarni tahlil qilish va tizimlashtirish bizga rivojlanish tendensiyalari, eksportga yo‘naltirilgan korxonalarni yaratish zarurati haqida xulosalar chiqarish va ularning faoliyati va O‘zbekiston hududlari iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasini baholashni kuchaytirish imkonini beradi
Xitoy dunyodagi eng yetakchi eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotlardan biri bo‘lib, eksportni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning eng rivojlangan tizimiga ega mamlakat sifatida ajralib turadi. Ushbu tizimning markazida Xitoy Eksport-import banki, Xitoy Taraqqiyot banki, davlat eksport-kredit sug‘urta agentligi Sinosure, shuningdek, byudjet va soliq rag‘batlantirish mexanizmlari mavjud. Maqolada Xitoyning eksportni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha institutsional tuzilmasi va mexanizmlari tahlil qilinadi hamda ushbu modelning yuqori samaradorligini belgilovchi omillar aniqlanadi.
Tadqiqotda Xitoyning davlat eksport siyosatining asosiy elementlari normativ-huquqiy tartibga solish, kreditlash, sug‘urtalash, subsidiyalash instrumentlari hamda tashqi savdo jarayonlarining raqamlashtirilishi kompleks tarzda yoritilgan.