• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
YIRIK KORXONALARNING RENTABELLIK KO‘RSATKICHIGA MAKROIQTISODIY OMILLARNING TA’SIRI
Nargiza Qosimova

Ushbu tadqiqot makroiqtisodiy omillar va kompaniyalar rentabelligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganadi hamda korxonalarning moliyaviy ko‘rsatkichlari yalpi foyda marjasi (gross margin), operatsion marja (operating margin), EBITDA marjasi va aktivlarning rentabelligi (ROA)ga ta’sirini tadqiq qiladi. Nazariy yondashuvlar, empirik tahlillar va iqtisodiy-ekonometrik modelga tayangan holda, tadqiqot zamonaviy AQSH iqtisodiyotining asosiy drayverlari bo‘lgan 16 ta yirik kompaniya misolida makroiqtisodiy omillar va firmaning o‘zaro ko‘p qirrali  aloqa dinamikasini ochib beradi. Natijalar valyuta kursi, inflyatsiya kabi makroiqtisodiy omillar va korporativ foyda o‘rtasida sezilarli bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi hamda kompaniyalarning makro darajadagi o‘zgarishlarga qanday javob berishini yoritadi. Shuningdek, moliyaviy menejerlar uchun amaliy ahamiyatlari muhokama qilinib, qaror qabul qilish jarayonlarida makroiqtisodiy sharoitlarni hisobga olish muhimligi ta’kidlanadi. Umuman olganda, maqola makroiqtisodiy omillar va firma ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushunishga hissa qo‘shadi hamda kelgusida yanada chuqur tadqiq etilishi lozim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha tavsiyalar beradi

12/03/2025
  • PDF (English)
325-328 69 32
QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I BAZASINI ANIQLASH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH DOIRASIDA “MARJA ASOSIDA SOLIQ BAZASINI ANIQLASH”NING ILMIY ASOSLARI
Sadokat Xalikchayeva

Ushbu maqolada qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini marja asosida aniqlash metodologiyasining ilmiy asoslari tadqiq etilgan. Unda O‘zbekistonda 2026-yildan joriy etilgan marja yondashuvining mazmuni, uni qo‘llashning huquqiy va metodologik asoslari, amaliyotda uchrayotgan asosiy muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqotda marja bazasi samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan qo‘llash shartlari, QQSni hisoblash algoritmi va boshqa segmentlarga tatbiq etish bo‘yicha 5 mezonli filtr taklif etilgan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya tajribasi asosida marja bazasining fiskal neytrallik, hujjatlashtirish intizomi va nazorat indikatorlari bilan bog‘liq jihatlari yoritilgan. Maqolada marja bazasi yondashuvini O‘zbekiston sharoitida ilmiy asoslangan holda takomillashtirish yuzasidan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan

04/20/2026
  • PDF
317-325 0 0
SUGʻURTA SHARTNOMASI BOʻYICHA XIZMAT KOʻRSATISH MARJASI VA UNDA QAYTA SUGʻURTANING ULUSHINI HISOBGA OLISH
Oybek Kodirkulov

Ushbu maqolada sugʻurta tashkilotlarida shartnoma boʻyicha xizmat koʻrsatish marjasi va unda qayta sugʻurtaning ulushini hisobga olish masalalari bayon qilingan. Xususan, buxgalteriya hisobi maqsadlarida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq sugʻurta zaxiralari, oʻz navbatida sugʻurta shartnomasi boʻyicha xizmat koʻrsatish marjasi tasniflangan, tegishli ishchi schyotlarda hisobga olish tartibi yoritib berilgan va shu asosda algoritm ishlab chiqilgan holda xulosalar shakllantirilgan

12/29/2025
  • PDF
702-709 42 22
OʻZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA SOF FOIZ MARJASI DINAMIKASI VA SAMARADORLIK TAHLILI
Sherzod Xannayev

Ushbu maqolada Oʻzbekiston tijorat banklarining 1999–2023 yillardagi sof foiz marjasi (SFM) dinamikasi tahlil qilinadi. Sof foiz marjasi bankning foizli aktivlardan daromad olish samaradorligini ifodalaydi va moliyaviy barqarorlik hamda rentabellikni baholashda muhim koʻrsatkich hisoblanadi. Tadqiqotda mulkchilik shakliga koʻra banklar oʻrtasidagi farqlar, vaqt boʻyicha tendensiyalar hamda ekstremal kuzatuvlarning taʼsiri o‘rganildi. Natijalar xorijiy banklarning sof foiz marjasi boshqa guruhlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanini, davlat banklari esa eng past samaradorlikka ega boʻlganini koʻrsatdi. Shuningdek, 2017-yildan keyingi davrda davlat bevosita egalik qiluvchi banklarning samaradorligi sezilarli oshgani qayd etildi.

08/15/2025
  • PDF
417-426 67 61
O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINI STATISTIK BAHOLASHDA AXBOROT BAZALARIDAN FOYDALANISHNING XORIJ TAJRIBASINI QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Nazar Nazarov

Ushbu maqolada rivojlangan mamlakatlarning (AQSh, Germaniya, Yaponiya, Estoniya, Janubiy Koreya) kichik biznes statistikasini yuritish va axborot bazalaridan foydalanish tajribasi tahlil qilingan. Maqolada xorijiy davlatlarda qo‘llaniladigan statistik ko‘rsatkichlar tizimi, raqamli platformalar, real vaqt rejimida monitoring va sun’iy intellekt texnologiyalarining ahamiyati ko‘rsatilgan. Qiyosiy tahlil orqali O‘zbekiston statistik axborot bazasining (Stat.uz, my.gov.uz, soliq.uz, ERI, SPINIDA) hozirgi holati baholangan va uning takomillashtirish yo‘llari aniqlangan. Tadqiqot natijasida yagona elektron statistik tizim yaratish, platformalarni integratsiyalash, AI va Big Data texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash siyosatini takomillashtirish va milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda foydalanish mumkin

10/15/2025
  • PDF
449-456 98 29
O‘ZBEKISTONDA EKSPORTNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR STRATEGIYASINI TANLASH UCHUN ANALITIK IERARXIYANI QAYTA ISHLASH (AHP) USULI
Munisa Turdibayeva

Ushbu tadqiqot O‘zbekiston eksportini rivojlantirish strategiyalarini baholash va ustuvorligini aniqlash uchun Analitik ierarxiya jarayonini (AHP) qo‘llaydi. Metodologiyada Prezident tomonidan belgilab berilgan milliy strategik ustuvorliklar, davlat dasturlari, shuningdek, iqtisodchi ekspertlar va yuqori mansabdor shaxslarning fikrlari inobatga olingan. Shu asosda mezonlar va vaznlar shakllantiriladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish yetakchi strategiya bo‘lib, bu davlat siyosati uchun muhim ahamiyatga ega.

05/29/2025
  • PDF (English)
111-117 153 67
DAVLAT XARIDLARI SOHASIDA RAQOBAT MUHITINI YARATISH: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
Ravshan Saydaqulov

Mazkur maqolada davlat xaridlari tizimida raqobat muhitini shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. O‘zbekistonda qabul qilingan huquqiy bazalar, elektron xarid platformalari va raqamlashtirish jarayonlari orqali tender jarayonlarini oshkora va samarali qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, “yopiq xaridlar”, afillangan kompaniyalar, maʼlumotlar ochiqligi yetishmasligi kabi muammolar ham atroflicha tahlil qilinadi. Jahon tajribasiga asoslangan holda blokcheyn va avtomatlashtirilgan baholash texnologiyalarini joriy etish, jamoatchilik monitoringini kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari suriladi.

08/15/2025
  • PDF
427-431 113 45
O‘ZBEKISTONDA 2014-2023 YILLARDA TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA YO‘LOVCHI TASHISH FAOLIYATINING RIVOJLANISHI VA TAHLILI
Nurbek Nasrullayev

Ushbu maqolada O‘zbekistonda 2014 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, daromad va xarajatlari tahlil qilinadi. Maqolada temir yo‘l transportining iqtisodiyotdagi o‘rni, rivojlanish tendensiyalari va pandemiya davridagi ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, infratuzilmani yaxshilash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xizmat sifatini oshirish bo‘yicha strategik takliflar keltiriladi. Maqsad – yo‘lovchi tashish faoliyatining samaradorligini oshirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.

07/05/2025
  • PDF
927-931 60 41
ЎЗБЕКИСТОНДА ТИЖОРАТ БАНКЛАРИ АКТИВЛАРИ ПОРФЕЛИНИ ОШИРИШДАГИ МУАММОЛАРИ ВА УНИ БАРТАРАФ ЭТИШ ЙЎЛЛАРИ
Жахонгир Хожиев

Ушбу мақолада Ўзбекистон Республикасида тижорат банклари активлари ҳажмини оширишнинг муаммолари ҳамда уни бартараф этиш орқали миллий иқтисодиётимизда тижорат банкларининг фаолиятини жадаллаштириш йўллари юзасидан фикр-мулоҳазалар баён этилган. Хусусан, молиявий секторни изчил ислоҳ қилиш давомида қатор чора-тадбирлар амалга оширилмоқда ва натижада илғор банк бизнесини юритиш ҳамда ушбу секторда рақобат муҳитини кучайтириш учун зарур ҳуқуқий шарт-шароитлар яратилмоқда. Шунингдек, мамлакатимизда банк активлари ҳажмини оширишнинг истиқболларидаги мавжуд муаммолар ҳамда уларни бартараф этиш бўйича муаллиф ёндашувлари ва таклифлари келтирилган.

07/02/2025
  • PDF
800-806 75 45
NAVOIY VILOYATINING TURISTIK SALOHIYATIDAN FOYDALANISHDA GID-EKSKURSAVODLAR TAYYORLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Aziza Talibova

Ushbu maqolada Navoiy viloyatining turistik salohiyatidan foydalanishda gid-ekskursavodlar tayyorlashda mamlakatning barcha hududlarida  ekskursovodlarni sertifikatlash va akkreditatsiya qilish tizimlari hamda O‘zbekistonda ichki turizm jadal rivojlanayotgani sababli, sifatli ekskursiya xizmatlariga bo‘lgan talab ortishi  va ularning samaradorligi o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va rivojlanish istiqbollari yoritib berilgan.

06/24/2025
  • PDF
637-641 87 29
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASHDA TA’LIM XIZMATLARINING O‘RNI
Timur Ibragimov

Maqolada ta’lim xizmatlari tizimining rivojlanishi va bandlik tuzilmasini o‘zgartirish o‘rtasidagi bog'liqlik ko‘rib chiqiladi. Unda kadrlar raqobatbardoshligini oshirish va zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashishning asosiy vositasi sifatida ta’lim sifati va qulayligini oshirish muhimligi ta’kidlangan. Unda ta’lim xizmatlarini rivojlantirish tendensiyalari tahlil qilinib, ayniqsa, yoshlar va ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda bandlikni rag‘batlantirish uchun ularni takomillashtirish yo‘nalishlari taklif etiladi.

06/17/2025
  • PDF (Russian)
527-530 66 36
O‘ZBEKISTON. DEMOGRAFIK RIVOJLANISH VA URBANIZATSIYA
Baxodir Umurzakov , Zulxumor Tojieva

Ushbu maqola shahar aholisining tezlik bilan o‘sishi, aholining yirik va katta shaharlarda to‘planishi, shaharlar chegarasi kengayishida demografik jarayonlar va ularning rivojlanishi masalalariga bag‘ishlangan. Bunda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida olib borilgan siyosat mahsuli bo‘lgan mavjud shahar aholi manzilgohlari shakllanishi, unda aholi tabiiy va mexanik harakatlari ko‘lami, xususan aholining tashqi va ichki migratsiya natijasida shakllanishi asoslangan. Shuningdek, dunyoning barcha mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham aholining demografik rivojlanish tendensiyalari boshqa ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar qatori urbanizatsiyaga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganligi ilmiy asoslab berilgan.

04/11/2025
  • PDF
430-438 325 94
INNOVATSION MOLIYAVIY MEXANIZMLARNING O‘ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIRI
Nurmuhammad Oppokxonov

O‘zbekiston o‘zining boy madaniy merosi va Ipak yo‘lidagi strategik joylashuvi bilan turizmni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega. Biroq, moliyaviy cheklovlar sektorning to‘liq o‘sishiga to‘sqinlik qildi. Ushbu maqola innovatsion moliyaviy mexanizmlar, jumladan, davlat-xususiy sheriklik (PPP), yashil obligatsiyalar, turizm investitsiya fondlari va kraudfanding platformalarining O‘zbekiston turizm sohasi rivojlanishiga ta’sirini o‘rganadi. Tadqiqot ushbu vositalarning infratuzilmani rivojlantirish, xususiy sektor ishtirokini oshirish va barqarorlikni oshirishdagi rolini ta’kidlaydi.

04/10/2025
  • PDF
408-413 116 76
1 - 13 from 13

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer