Ushbu maqolada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonida mahalliy byudjetlarning moliyaviy resurslarini boshqarish metodologiyalari tahlil qilinadi. Avvalo, fiskal markazlashtirish va desentralizatsiya tamoyillari doirasida mahalliy byudjetlarning mustaqil daromad manbalari, ulushli soliqlar va markazdan ajratiladigan transferlar mexanizmi ko‘rib chiqiladi. Keyin o‘rta muddatli byudjet rejalashtirish, byudjet muvozanatini ta’minlash va natijadorlikka yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tamoyillari asosida resurslarni joyida samarali taqsimlash usullari keltiriladi. Shuningdek, tashabbusli (participatory) byudjet va jamoatchilik ishtirokini oshirish orqali mahalliy darajada moliyaviy resurslardan foydalanish shaffofligi va nazorat imkoniyatlari tahlil etiladi. Maqolada umumiy (erkin) transferlar, subventsiya-dotatsiya tizimi va gorizontal tenglashtirish instrumentlari yordamida hududlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutni kamaytirish yondashuvlari ham yoritiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda soliq islohotlari, investitsion moliyalashtirish va risklarni boshqarish usullarining mahalliy byudjet barqarorligiga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot yakunida mahalliy byudjetlarni boshqarish metodologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar – formulaviy transferlar mexanizmi joriy etish, interfaol byudjet portallarini kengaytirish va mahalliy obligatsiyalar chiqarish imkoniyatlarini yaratish taklif etiladi. Maqola amaliy tadqiqot va rasmiy statistika asosida yozilgan bo‘lib, hududiy rivojlanish strategiyalarini moliyalashtirishda samarali vositalarni belgilashga qaratilgan.
Ushbu maqolada mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda hududning soliq potensialiga taʼsir etuvchi koʻrsatkichlar tahlil qilingan. Mahalliy byudjet daromadlarini oshirishga qaratilgan byudjet-soliq siyosatiga doir chora-tadbirlar tizimi, soliq undirish mexanizmlari, hududlarni soliq toʻlay olish qobiliyati, ularni oshirish va soliqlarni undirish jarayonida sodir boʻladigan munosabatlar xorij tajribasi asosida yoritib berilgan.
Maqolada soliq riskining iqtisodiy mohiyati va unga oid ilmiy qarashlarning ahamiyati, O‘zbekistonda iqtisodiy xatti-harakatlar va natijalarni shakllantirishda soliq siyosatining ahamiyati ko‘rsatilgan. Ular yuqori soliq stavkalari, murakkab qoidalar va past soliq axloqi tadbirkorlik faolligi va rivojlanishiga jiddiy to‘siq bo‘lishi jihatdan o‘rganilgan hamda ilmiy xulosa va takliflar shakllantirilib, soliq riskining iqtisodiy mohiyati va unga oid ilmiy qarashlar nazarda tutilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda raqamli texnologiyalarni qoʻllash orqali soliq nazoratini takomillashtirish masalalari boʻyicha mahalliy va xorijiy olimlaring fikrlari oʻrganilgan. Shuningdek mavzuga doir olib borilgan tadqiqotlar natijasi boʻyicha Oʻzbekiston soliq tizimida qoʻllaniladigan axborot texnologiyalarni takomillashtirishga oid xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda davlat soliq xizmati faoliyatini raqamlashtirishning samaradorlik darajasini oshirish masalalari boʻyicha mahalliy va xorijiy olimlaring fikrlari oʻrganilgan. Shuningdek, mavzuga doir olib borgan tadqiqotlari natijasi boʻyicha Oʻzbekiston soliq tizimida qoʻllaniladigan axborot texnologiyalarni takomillashtirishga oid xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.