Ushbu maqolada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonida mahalliy byudjetlarning moliyaviy resurslarini boshqarish metodologiyalari tahlil qilinadi. Avvalo, fiskal markazlashtirish va desentralizatsiya tamoyillari doirasida mahalliy byudjetlarning mustaqil daromad manbalari, ulushli soliqlar va markazdan ajratiladigan transferlar mexanizmi ko‘rib chiqiladi. Keyin o‘rta muddatli byudjet rejalashtirish, byudjet muvozanatini ta’minlash va natijadorlikka yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tamoyillari asosida resurslarni joyida samarali taqsimlash usullari keltiriladi. Shuningdek, tashabbusli (participatory) byudjet va jamoatchilik ishtirokini oshirish orqali mahalliy darajada moliyaviy resurslardan foydalanish shaffofligi va nazorat imkoniyatlari tahlil etiladi. Maqolada umumiy (erkin) transferlar, subventsiya-dotatsiya tizimi va gorizontal tenglashtirish instrumentlari yordamida hududlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutni kamaytirish yondashuvlari ham yoritiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda soliq islohotlari, investitsion moliyalashtirish va risklarni boshqarish usullarining mahalliy byudjet barqarorligiga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot yakunida mahalliy byudjetlarni boshqarish metodologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar – formulaviy transferlar mexanizmi joriy etish, interfaol byudjet portallarini kengaytirish va mahalliy obligatsiyalar chiqarish imkoniyatlarini yaratish taklif etiladi. Maqola amaliy tadqiqot va rasmiy statistika asosida yozilgan bo‘lib, hududiy rivojlanish strategiyalarini moliyalashtirishda samarali vositalarni belgilashga qaratilgan.
Ushbu maqolada mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda hududning soliq potensialiga taʼsir etuvchi koʻrsatkichlar tahlil qilingan. Mahalliy byudjet daromadlarini oshirishga qaratilgan byudjet-soliq siyosatiga doir chora-tadbirlar tizimi, soliq undirish mexanizmlari, hududlarni soliq toʻlay olish qobiliyati, ularni oshirish va soliqlarni undirish jarayonida sodir boʻladigan munosabatlar xorij tajribasi asosida yoritib berilgan.
Ushbu maqolada soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va ta’limni yaxshilash, soliq tizimi va tartiblarini soddalashtirish, soliq to‘lovchilar va soliq organlari o‘rtasida samarali aloqa kanallarini rivojlantirish soliqlarni undirish mexanizmlarini takomillashtirish ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, adolatga bo‘lgan ishonch va idrokni shakllantirish va samarali majburlov choralarini qo‘llash ham muvofiqlikni oshirish, munosabatlarni rivojlantirish tendensiyalarini hamda soliq va yig‘imlar bo‘yicha soliq qarzdorliklar yuzaga kelishining asosiy sabablarini nazariy va amaliy jihatlar yoritib berilgan.
Maqolada soliq riskining iqtisodiy mohiyati va unga oid ilmiy qarashlarning ahamiyati, O‘zbekistonda iqtisodiy xatti-harakatlar va natijalarni shakllantirishda soliq siyosatining ahamiyati ko‘rsatilgan. Ular yuqori soliq stavkalari, murakkab qoidalar va past soliq axloqi tadbirkorlik faolligi va rivojlanishiga jiddiy to‘siq bo‘lishi jihatdan o‘rganilgan hamda ilmiy xulosa va takliflar shakllantirilib, soliq riskining iqtisodiy mohiyati va unga oid ilmiy qarashlar nazarda tutilgan.