Mazkur tadqiqotda xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar salohiyatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy va uslubiy asoslari chuqur o‘rganiladi. Xususan, xizmat ko‘rsatish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni shakllantirish zarurati hamda mehnat resurslaridan samarali foydalanish omillari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xorijiy tajribalar o‘rganilib, ularning milliy sharoitga moslashtirilgan modellar asosida qo‘llash imkoniyatlari aniqlanadi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida malaka oshirish tizimini isloh qilish, kasbiy kompetensiyani baholash mezonlari va innovatsion yondashuvlar asosida samarali mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha nazariy takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari xizmat ko‘rsatish sohasidagi inson kapitalini rivojlantirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.