Maqolada sanoat tarmoqlarini hududiy rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari hozirgi kundagi dolzarb mavzulardan biri ekanligi, hamda uni oshirishga qaratilgan bir qancha olimlarning fikr-mulohazalari bayon etilgan. Sanoat tarmoqlarini hududiy rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari sxema ko‘rinishda, sanoat tarmog‘ining hududiy ixtisoslashuv strukturasi ko‘rsatib o‘tilgan. Sanoat rivojlanishining tabiiy resurslarga bog‘liqligi, sanoat tarmoqlarining o‘zaro energiya ta’minoti grafigi, sanoatning telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari (ICT) bilan bog‘liqligi yoritilib berilgan va bu bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan.
Maqolada sanoat tarmoqlarini optimallashtirishda segmentatsiyalash hozirgi kundagi dolzarb mavzulardan biri ekanligi, hamda segmentatsiyalashda GMM modeli va K-meansning analitik sharhlari keng yoritib berilgan. Segmentatsiyalashda K-Means va GMM usullarining taqqoslama sharhi to‘liq tahlil qilingan. GMM va K-means usullarini umumlashtirishning “Oqim sxemasi” yo‘nalishida “Yangi GMM usuli” algoritmi va segmentatsiyalashning takomillashtirilgan gibrid modeli (HSM)ni amalga oshirish algoritmi ishlab chiqilgan. Sanoat tarmoqlarini optimal segmentatsiyalashning gibrid yondashuvi bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan
Ushbu maqolada mintaqa sanoatida raqamli xizmatlar tijoratini rivojlantirishning xorij tajribalari va ularni mamlakatda qo‘llash hamda raqamli iqtisodiyot sharoitda sanoat tarmoqlarini barqaror rivojlantirish muammolarni hal etish uchun xorij tajribalarini amaliyotga qo‘llash, chuqur mashinani o‘rganish algoritmlarini ishlab chiqish zaruriyati muhokama qilinadi. Yirik xorijiy kompaniyalar, universitetlar va ilmiy agentliklar hozirda AI sohasida ish olib bormoqda. Ushbu sohada ishlaydigan 1000 dan ortiq startaplar ro‘yxati mavjud. Rahbarlar Google, IBM, Microsoft, Amazon, Apple, DARPA va boshqalar kabi taniqli brendlar misol uchun, Microsoft tomonidan nutqni aniqlashda katta sakrash amalga oshirildi, u o‘zining nutqni aniqlash tizimi endi tirik odam tomonidan nutqni tan olish kabi jihatlari yoritilgan.
Ushbu maqola infratuzilmaning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini tahlil qiladi va standartlashtirish orqali samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini o‘rganadi. Infratuzilma, davlatning iqtisodiy rivojlanishiga, barqaror o‘sish va raqobatbardoshlikni oshirishga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada, infratuzilmaning turli sohalariga – transport, energetika, kommunikatsiya va sanoat infratuzilmasiga oid davlat siyosatlari va joriy etilgan standartlarning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Standartlashtirish jarayoni, resurslarni samarali boshqarish, texnologik yangiliklarni joriy etish, hamda sifatni oshirish orqali iqtisodiy o‘sishning barqarorligini ta’minlaydi. O‘zbekistonda infratuzilmaning modernizatsiyasi va shu orqali iqtisodiy barqarorlikka erishishning amaliy yondashuvlariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, maqolada davlatning infratuzilma loyihalariga bo‘lgan investitsiyaviy yondashuvlarining iqtisodiy foydalari, shu jumladan, ish o‘rinlari yaratish va turli sohalarda raqobatni kuchaytirishdagi roli tahlil qilinadi. Maqola infratuzilma va standartlashtirishning iqtisodiyotga ijobiy ta’sirini ko‘rsatish bilan birga, bunday siyosatlarning kelajakdagi istiqbollarini ham baholaydi.