• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
INNOVATSION FAOLIYATGA INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNING AHAMIYATI, ILMIY-NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI
Umidjon Hoshimov

Ushbu maqola innovatsion faoliyatga investitsiyalarni jalb etishning ahamiyati va ilmiy-nazariy, huquqiy asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Investitsiyalar ilmiy g‘oyalarni yangi mahsulot va texnologiyalarga aylantirishning muhim sharti sifatida ko‘rib chiqiladi. Investitsiya va innovatsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka oid ilmiy-nazariy yondashuvlar (Shumpeter, Druker, milliy innovatsion tizimlar konsepsiyasi, o‘sishning endogen modellari) yoritib berilgan. Huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik asoslari, jumladan, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi (2019), “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi (2020) Qonunlar hamda 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyasi o‘rganilgan. Venchur moliyalashtirish mexanizmlari, startaplar uchun tartibga soluvchi sinov maydonchalar, shuningdek, xorijiy tajriba ko‘rib chiqilgan. Barqaror innovatsion o‘sishni ta’minlash uchun davlat ko‘magi, xususiy kapital va huquqiy kafolatlarni uyg‘unlashtiradigan kompleks yondashuvning zarurligi ta’kidlangan

10/07/2025
  • PDF
361-373 94 146
O‘ZBEKISTONDA ISLOM MOLIYASINI JORIY ETISHNING HUQUQIY VA INSTITUTSIONAL ASOSLARI: IMKONIYATLAR, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR
Nodirbek Obidov

Ushbu maqolada O‘zbekistonda islom moliya tizimini joriy etish zarurati, mavjud huquqiy asoslar va institutsional muhit keng qamrovda o‘rganiladi. Islom moliyasi shariat talablariga asoslangan holda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishni ko‘zda tutadi va aynan shu xususiyati uni ribo, maysir va g‘arar kabi taqiqlangan elementlardan holi qiladi. O‘zbekiston iqtisodiyotida bu yo‘nalish yangi bo‘lishiga qaramay, aholining diniy e’tiqodiga mos, adolatli va barqaror moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Maqolada islom moliyasining asosiy tamoyillari, sukuk, mudoraba, mushoraka kabi moliyaviy vositalarning mohiyati va ularni yuritishda zarur bo‘lgan huquqiy mexanizmlar tahlil qilinadi. Shuningdek, mavjud qonunchilikda kuzatilayotgan bo‘shliqlar, regulyator organlar faoliyatining yetarli darajada shakllanmaganligi va xalqaro tajriba asosida O‘zbekiston uchun mos keluvchi institutlar modeli muhokama qilinadi. Natijada, mamlakatda islom moliya tizimini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha konseptual takliflar ilgari suriladi.

06/09/2025
  • PDF
288-299 108 86
ZAMONAVIY JAMIYATDA IJTIMOIY TADBIRKORLIKNING ROLI
Nodir Xodjayev

Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda ijtimoiy tadbirkorlikning roli, uning iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekiston misolida ijtimoiy tadbirkorlikning rivojlanish tendensiyalari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar asosidagi amaliy tajribalar o‘rganildi. Shuningdek, ijtimoiy tadbirkorlikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolar – huquqiy bo‘shliqlar, moliyaviy savodxonlikning pastligi va innovatsion texnologiyalarning sust joriy etilishi chuqur tahlil etildi. Maqolada mavjud imkoniyatlar asosida bir qator amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular sohaga institutsional asos yaratish, qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy innovatsiyalarni rag‘batlantirishga qaratilgan.

04/24/2025
  • PDF
729-736 141 35
XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI
Shirin Mirzayeva

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga oid tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlar tahlil qilingan. Muallif ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar, huquqiy asoslar va davlat dasturlarini ko‘rib chiqib, ularning samaradorligini baholagan. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sektorida ayollar ishtirokini kengaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada zamonaviy bozor talablaridan kelib chiqqan holda mahalliy sharoitga mos innovatsion yondashuvlar ilgari surilgan.

04/22/2025
  • PDF
670-675 88 44
INNOVATSIYALARNI STRATEGIK BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI VA KONSEPTUAL YONDASHUVLARI
Madinaxon Shakirova

Mazkur maqolada innovatsiyani strategik boshqarishning nazariy asoslari, konseptual yondashuvlari hamda uning zamonaviy iqtisodiy tizimdagi o‘rni tahlil etilgan. Innovatsiya tushunchasining mohiyati, mazmuni va unga doir ilmiy yondashuvlar tizimlashtirilib, “innovatsiya”ni jarayon, natija, tizim, vosita va o‘zgarish sifatida talqin etuvchi ilmiy qarashlar solishtirilgan. Shuningdek, innovatsiyalarni tadbirkorlik subyektlarida strategik boshqarishning o‘ziga xos jihatlari, innovatsion salohiyatni shakllantirishda muhim omillar va me’yoriy-huquqiy asoslar o‘rganilgan. Maqolada xorijiy va mahalliy olimlarning (Komarov, Komkov, Asimova, Glazyev, OECD/Eurostat va boshqalar) qarashlari tahlil qilinib, innovatsiyalarni boshqarishda tizimli va evolyutsion yondashuvlarning ahamiyati asoslab berilgan

11/13/2025
  • PDF
61-69 72 40
ART TURIZM TUSHUNCHASI VA UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Munojat Isakdjanova

Maqolada art turizm madaniyat, kreativ industriyalar va mehmon tajribasi kesishmasidagi yangi yo‘nalish sifatida yoritiladi. Xalqaro va mahalliy adabiyotlar (MacCannell, Bourdieu, Florida, Richards) hamda O‘zbekiston qonunchiligi (2024-yilgi “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi Qonun) asosida to‘rt blokli model ishlab chiqildi: (1) nazariy-huquqiy asoslar; (2) amaliy formatlar; (3) hududiy-urbanistik kontekstlar; (4) psixologik-ijtimoiy funksiyalar. Modelning besh xususiyati aniqlandi: estetik tajriba markaziyligi, faol ishtirok, rassom–auditoriya muloqoti, kreativ iqtisodiyotga integratsiya va qiymatlar uyg‘unligi. O‘zbekiston misollari yo‘nalishning shakllanayotganini ko‘rsatadi. Tadqiqot xizmat sifatini baholashni estetik va interaktiv ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirish zarurligini asoslaydi.

10/10/2025
  • PDF
404-415 50 25
1 - 6 from 6

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer