Investitsion jarayonlarda interaktiv geoaxborot xaritalarini yaratish xorijiy tajribada samarali qo‘llanilib, sarmoyadorlar uchun muhim ma’lumotlarni ochiq taqdim etishga xizmat qiladi. Misrning sanoat investitsiyalari xaritasi bu borada yaxshi namuna bo‘lib, sarmoyadorlarga infratuzilma, resurslar va sanoat zonalari haqida real vaqt rejimida ma'lumot beradi. Bu usul investitsiya qarorlarini samarali qabul qilish va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. O‘zbekiston ham bu yondashuvni tatbiq etishi mumkin.
Ushbu maqolada mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlashda zamonaviy yondashuvlar, jumladan iqtisodiy-matematik modellar, sun’iy intellekt va geoaxborot texnologiyalarining qo‘llanilishi tahlil qilingan. Tadqiqotda barqaror rivojlanishni ta’minlashda integratsiyalashgan indikatorlar, maqsadli va empirik yondashuvlar uyg‘unligining ahamiyati yoritilgan. Hududlararo nomutanosibliklarni kamaytirish, investitsion faollikni kuchaytirish hamda siyosiy qarorlar uchun ishonchli prognozlar tayyorlash muhim ilmiy-amaliy vazifa sifatida baholangan. Shu orqali prognozlash va rejalashtirish jarayonlari strategik boshqaruvning ilmiy asosini tashkil etishi asoslab berilgan.