Ushbu maqola O‘zbekiston ta’lim tizimida, ayniqsa, maktab ta’limida moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishning muhim masalalarini ko‘rib chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Finlyandiya va Rossiya Federatsiyasining moliyaviy savodxonlik dasturlari tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirish yo‘llari o‘rganiladi. Moliyaviy savodxonlik aholining iqtisodiy barqarorligi va farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan holda, tadqiqotda davlat va xususiy sektor hamkorligi, ta’lim muassasalarida maxsus kurslar va malaka oshirishlar tashkil etish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligi qayd etilgan. Finlyandiya va Rossiya Federatsiyasi tajribalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston maktab ta’limi tizimida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan amaliy dasturlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Yangi Oʻzbekistonni barpo etish jarayonida oliy taʼlim tizimining rivojlanish bosqichi va kelgusida amalga oshiriladigan ishlari va rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda xizmatlarning innovatsion yoʻnalishlaridan boʻlgan taʼlim xizmatlari, dasturlash xizmatlari, intellektual mulk, injenering va boshqa istiqbolli xizmatlar turlarini jadal surʼatlarda rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, xizmatlar eksportini oʻstirish asosida mamlakatimiz innovatsion rivojlanishi uchun har tomonlama foydali taraqqiyot yoʻliga oʻtishni taʼminlaydigan ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Ushbu maqolada Finlyandiyaning moliyaviy savodxonlik dasturlari tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirish yo‘llari o‘rganiladi. Moliyaviy savodxonlik aholining iqtisodiy barqarorligi va farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan holda, tadqiqotda davlat va xususiy sektor hamkorligi, ta’lim muassasalarida maxsus kurslar va malaka oshirishlar tashkil etish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligi qayd etilgan. Finlyandiya tajribasi asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston maktab ta’limi tizimida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan amaliy dasturlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Mazkur maqolada oliy taʼlim muassasalarida menejerlarni tayyorlash jarayonida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning dolzarb masalalari hamda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Menejer kadrlarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun kasbiy, kommunikativ va konseptual kompetensiyalar zarurligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, АQSh, Yevropa va Sharq mamlakatlari tajribasida taʼlim jarayonida innovatsion o‘qitish texnologiyalari, amaliyotga yo‘naltirilgan dasturlar va interfaol usullar keng qo‘llanilishi taʼkidlangan. Ushbu tajribalarni milliy taʼlim tizimiga tatbiq etish menejerlarni raqobatbardosh va strategik fikrlay oladigan mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qiladi
Maqolada biznesni raqamlashtirish jarayonida yosh tadbirkorlar duch keladigan asosiy muammolar muhokama qilinadi. Texnologik va moliyaviy to‘siqlar jumladan, yangi raqamli yechimlarni amalga oshirish uchun mablag‘ yetishmasligi va tadbirkorlarning raqamli savodxonligi pastligi tahlil qilingan. Shuningdek, u tashkiliy madaniyatning o'zgarishi bilan bog'liq ijtimoiy-madaniy to'siqlar va raqamli transformatsiyaning noaniqligi bilan bog'liq xavflarga e'tibor qaratadi. Maqolada, shuningdek, ushbu muammolarni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar, jumladan, institutsional yordam yaratish, ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va moliyaviy inklyuzivlikni yaxshilash zarurati muhokama qilinadi. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari, shuningdek, kichik va o'rta biznesni raqamlashtirishni qo'llab-quvvatlovchi tashkilotlarning ma'lumotlari taqdim etilgan.
Мазкур ишда ижодий иқтисодиёт (creative economy)нинг замонавий иқтисодий-ижтимоий жараёнлардаги ўрни ва аҳамияти таҳлил этилади. Унда ижодий соҳаларнинг – санъат, дизайн, реклама, ахборот технологиялари каби фаолият турларининг мамлакат иқтисодиётини диверсификация қилиш, янги иш ўринлари яратишдаги аҳамияти асосланади. Муаллиф томонидан Ўзбекистон шароитига мос келувчи инновацион стратегик ёндашувлар илгари сурилган. Жумладан, ижодий кластерлар ва хаблар ташкил этиш, давлат-хусусий шерикликни кенгайтириш, рақамли платформалар ва стартап экотизимларини қўллаб-қувватлаш, креатив соҳалар учун махсус таълим дастурларини жорий қилиш каби чора-тадбирлар тавсия этилган.