Mazkur ilmiy tadqiqot ishida zamonaviy raqamli texnologiyalarni taʼlim jarayoniga integratsiya qilish, taʼlim texnologiyalaridan (EduTech) dars jarayonlarida samarali foydalanish, ularning taʼlim mazmuni va sifatiga taʼsiri yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar, mualliflik vositalari (Authoring tools), taʼlimni boshqarish tizimlar (LMS), sunʼiy intellekt texnologiyalari va shu kabi innovatsion yondashuvlar asosida taʼlim sohasini raqamli transformatsiya qilish istiqbollari muhokama qilingan. Bundan tashqari, ilgʻor xorij tajribasi va taʼlimga oid interfaol platformalarni tahlil qilish orqali, pedagog kadrlar uchun interfaol taʼlim resurslari, multimediali vositalar hamda sunʼiy intellekt yordamida raqamli resurslarni yaratish usullari boʻyicha taklif va tavsiyalar keltirib oʻtilgan.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish jarayonlarining jadallashuvi soha vakillari, xususan, fermerlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash zaruratini kuchaytirmoqda. Shu sababli, fermer xo‘jaliklarida raqamlashtirishni kengaytirish, fermerlarni raqamli platformalar bo‘yicha bilim va malakasini oshirish qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Mazkur maqolada xo‘jaligida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, fermerlarni o‘qitishda qo‘llanilayotgan zamonaviy raqamli platformalar, innovatsion yondashuvlar va ularning amaliy samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida qishloq xo‘jaligida onlayn ta’lim platformalar, mobil ilovalar, video darslar, webinarlar, aqlli agroplatformalar hamda IoT texnologiyalarining fermerlar faoliyatidagi ahamiyati o‘rganildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, raqamli platformalar fermerlarga tomchilatib sug‘orish, o‘g‘itlash tizimi, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, intensiv bog‘dorchilik va suv tejovchi texnologiyalar haqida tezkor va qulay ma’lumot olish imkonini yaratadi. Maqolada raqamli platformalar yordamida fermerlarning agrotexnik tadbirlarni rejalashtirish, hosildorlikni oshirish va resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari ham yoritilgan. IoT sensorlari va aqlli monitoring tizimlari yordamida tuproq namligi, havo harorati va o‘simlik holatini masofadan nazorat qilish mumkinligi, bu esa hosil yo‘qotilishini kamaytirishga xizmat qilishi qayd etilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi agroplatformalar fermerlarga tezkor va aniq qaror qabul qilishda yordam berishi ta’kidlangan
Maqolada dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida raqamli ta’lim resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish usullari, shuningdek, o‘quvchilarda texnik tafakkur, fazoviy tasavvur va kreativ fikrlashni shakllantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha keng qamrovli izlanishlar keltirib o‘tilgan.
Ushbu maqola chet tili sifatida rus tilini (RKI) o‘qitish metodikasiga sun'iy intellekt (SI) va raqamli texnologiyalarni (RT) integratsiyalashning didaktik imkoniyatlari va muammolarini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ta’limning zamonaviy raqamli transformatsiyasi o‘quv tizimlarini moslashtirishni, o‘qitishni yanada texnologik va shaxsiylashtirilgan qilishni talab qiladi. SI, shu jumladan neyron tarmoqlar va generativ modellar, individual ta’lim traektoriyalarini yaratish va o‘qitish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. RKI o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, pedagoglarning 78 foizi raqamlashtirishga ijobiy qaraydi va SI dan foydalanish akademik natijalarni an’anaviy usullarga nisbatan 20 foizgacha yaxshilaydi. Raqamli resurslar bilan an’anaviy darslarni birlashtirgan aralash o‘qitish formati eng samarali deb tan olingan