Maqolada O‘zbekiston elektron tijorat bozorining 2035-yilgacha rivojlanish istiqbollari prognoz qilinadi hamda o‘sish sur’ati va sifati uchun hal qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Asosiy drayverlar sifatida raqamli to‘lovlar va davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi, logistika infratuzilmasining kengayishi, mobil internet qamrovi, marketpleyslar ekotizimi va transchegaraviy savdoning faollashuvi, shuningdek, tartibga solish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarining takomillashuvi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda ssenariy yondashuvi (bazaviy, tezlashtirilgan va inert) qo‘llanib, makroiqtisodiy sharoitlar, raqamli bozorlardagi raqobat va ma’lumotlar hamda sun’iy intellekt texnologiyalarining savdo jarayonlariga ta’siri baholanadi. Ishonch masalalari, kiberxavflar, yetkazib berish sifati, raqamli tafovut va KOB (kichik va o‘rta biznes) kompetensiyalari yetishmasligi kabi to‘siqlar alohida yoritiladi. Xulosalar davlat siyosati, biznes strategiyalari va ilmiy tadqiqotlar uchun amaliy ahamiyatga ega.
Ушбу мақолада рақамли платформалардаги истеъмолчи хатти-ҳаракатларини шакллантириш бўйича AҚШ, Хитой ва Корея Республикаси каби ривожланган давлатларнинг илғор тажрибалари таҳлил қилинади. Aмазон, AлиЕхпресс ва Шопифй каби йирик платформалар мисолида фойдаланувчиларни жалб қилиш, уларни ушлаб қолиш ва содиқлигини оширишда рақамли технологиялар ва шахсийлаштирилган маркетинг стратегияларининг муваффақияти кўрсатиб ўтилади. Фойдаланувчи фаоллиги, тавсиялар тизими, содиқлик дастурлари ва инфратузилма ечимлари орқали рақамли платформалар рақобатбардошлигини ошириш тажрибалари ёритилади. Шунингдек, ушбу ёндашувларни Ўзбекистон рақамли иқтисодиёти шароитида қўллаш имкониятлари ўрганилиб, електрон тижоратни ривожлантиришдаги тўсиқлар — тўлов тизими, рақамли саводхонлик ва ишонч муаммолари таҳлил қилинади ҳамда уларни бартараф етиш бўйича тавсиялар берилади.
Mazkur maqolada kambag‘allikka qarshi kurashishda ijtimoiy himoya tizimining xalqaro ahamiyati, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarni qo’llab-quvvatlash tartibi ko‘rib chiqilgan. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida kambag‘allikni qisqartirishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Tadqiqotda 2020-2024 yillar davomida O‘zbekiston mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari, jumladan, ishsizlik va kambag‘allik darajasi dinamikasi tahlil etilgan hamda hududlar kesimidagi kambag‘allik darajasi baholangan. Tadqiqot so’nggida taklif va tavsiyalar berilgan
Ushbu maqolada raqamli platformalarning raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Raqamli platformalar bugungi kunda iqtisodiyotda muhim rol o'ynaydi, ular foydalanuvchilarga turli xizmatlar va mahsulotlarni taqdim etib, bozorni shakllantiradi. Maqolada texnologik innovatsiyalar, foydalanuvchi tajribasi, xizmatlar va mahsulotlarning sifati, ijtimoiy tasdiqlash, biznes modeli va monetizatsiya strategiyasi kabi omillar raqamli platformalarning raqobatbardoshligini oshirishga ta'sir qilishi ko'rib chiqiladi. Shu bilan birga, maqolada raqamli platformalarning bozordagi muvaffaqiyatiga ta'sir etuvchi faktorlar va ularning bozor sharoitiga moslashish usullari hamda raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari, raqamli platformalarni muvaffaqiyatli boshqarish va raqobat muhitida samarali ishlash uchun zarur bo'lgan asosiy omillarni aniqlaydi.