Ushbu maqolada turizm sohasida brendingni yaratish yo‘llari va usullari tahlil qilinib, brending strategiyasini tanlashda raqobatbardosh ustunliklarga erishish uchun qo‘llaniladigan usullar va ularni shakllantirish yo‘nalishlari muhokama qilingan.
Maqolada O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy imkoniyatlari tarixiy-madaniy meros, hududiy destinatsiyalar, xizmatlar sifati, halal turizm talablari, raqamli targ‘ibot, xalqaro brending va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Tadqiqotda rasmiy statistik byulletenlar asosida 2021 – 2025-yillarda kiruvchi turistlar oqimi dinamikasi hamda 2024-yilda yirik ziyorat markazlarida kiruvchi tashrif buyuruvchilarni joylashtirish ko‘rsatkichlari baholandi. Shuningdek, 2026-yilda tasdiqlangan “Umra plyus” dasturi doirasidagi subsidiya tartibi ziyorat turizmini eksportbop xizmatlar segmentiga aylantirishga xizmat qiluvchi amaliy iqtisodiy rag‘bat sifatida talqin etildi. Natijalar asosida ziyorat marshrutlarini hududlararo bog‘lash, halal servis standartlarini kengaytirish, raqamli platforma yaratish va monitoring indikatorlarini joriy etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Maqolada rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda yashil texnologiyalarni joriy etishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy marketing to‘siqlari ko‘rib chiqiladi. Iste’molchilarning idroki, narxlar, axborot asimmetriyasi va institutsional cheklovlar bilan bog‘liq omillar tahlil qilinadi. Aniqlangan to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha statistik ma’lumotlar va amaliy tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, maqolada ishlab chiqaruvchilar va vositachilar tomonidan cheklovlar, jumladan, marketing strategiyalarining yetishmasligi, "yashil" mahsulotlarni targ‘ib qilish muammolari va tarqatish infratuzilmasining zaifligi o‘rganilgan. Tahlillar asosida marketing to‘siqlarini bartaraf etish bo‘yicha iste’molchilarning xabardorligini oshirish, moliyaviy va soliq mexanizmlari orqali talabni rag‘batlantirish, hamkorlik tarmoqlari va yashil texnologiyalar brending strategiyalarini rivojlantirish kabi tavsiyalar taklif etildi:.