Maqolada raqamli indikatorlar asosida kredit va bozor risklarini erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Risk yuzaga kelishidan oldin salbiy o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beruvchi tranzaksion, to‘lov, moliyaviy, xulq-atvor va bozor ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Risk signallarini tasniflash va ularni bankning boshqaruv qarorlari bilan bog‘lashga asoslangan ko‘p darajali mexanizm taklif etilgan. Dinamik chegaraviy qiymatlar hamda risk obyektlarining individual raqamli profillaridan foydalanish zarurati asoslangan.
Mazkur maqola O‘zbekiston soliq ma’muriyatchiligida elektron hisob-fakturalar (EHF) tizimining rolini va soliq xavfini aniqlash mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda EHF orqali to‘plangan raqamli ma’lumotlar tahlili, risk indikatorlari asosida soliq to‘lovchilarning xavf darajasini aniqlash, viloyatlar kesimida tovar aylanmasi va yirik soliq to‘lovchilar faoliyatini kuzatish amaliyoti tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, EHF tizimi soliq auditi samaradorligini oshirish, soliqqa rioya etish darajasini yaxshilash va soliq ma’muriyatchiligini optimallashtirish uchun muhim vosita hisoblanadi. Tadqiqot shuningdek, EHF tizimining soliq to‘lovchilar uchun afzalliklarini, jumladan moddiy va inson resurslarini tejash, QQS hisoblashdagi xatolarni kamaytirish va hisobotlarni avtomatlashtirish imkoniyatlarini ta’kidlaydi.