Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida mehnat bozorini isloh qilish sharoitida kadrlar tayyorlash tizimini transformatsiya qilishda strategik instrument sifatida professional standartlarning ahamiyati koʻrib chiqiladi. Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Rossiya va Albaniya tajribasi asosida professional malakalarni shakllantirish va joriy etishga doir yondashuvlarning taqqoslama tahlili keltirilgan. Oʻzbekistonda turizm sohasidagi me’yoriy baza va amaliy faoliyat tahlil qilingan holda asosiy muammo va to‘siqlar aniqlangan. Empirik tadqiqot natijalariga koʻra, professional standartlarga nisbatan ish beruvchilar va ta’lim muassasalarining munosabati baholandi hamda milliy malakalar tizimini rivojlantirish boʻyicha yoʻnalishlar belgilandi. Xalqaro tajribalarni milliy shart-sharoitlarga moslashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. SWOT-tahlil natijalari asosida standartlarni joriy etish va yangilash mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.
Мақолада корхона қийматини бошқариш тизими самарадорлигига таъсир этувчи ички ва ташқи омиллар ўрганилиб, тавсифланиб уларнинг корхона қийматини бошқариш жараёнларида тутган ўрни ва аҳамияти батафсил очиб берилган. Корхона қиймати бошқариш тизимида корхонада амалга оширилаётган ишлаб чиқариш, инвестиция ва инновация жараёнларини, корхонада мавжуд молиявий, моддий ресурсларни ҳамда кадрларни самарали бошқариш муҳим ўрин тутиши асослаб берилган.
Ushbu maqolada turizm sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, taʼlimda til koʻnikmalari va texnologiyalarni integratsiya qilishga keng eʼtibor qaratilgan. Fransiya, Birlashgan Qirollik, Germaniya, Shveysariya, Italiya va Avstraliya kabi turizm sohasi rivojlangan mamlakatlar bilan taʼlim sohasida hamkorlik qilish, kadrlar almashish va qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borish orqali turizm va mehmonxona sohasida sifatli kadrlar tayyorlash mumkinligi boʻyicha taklif va tavsiyalar berilgan.