Мазкур тадқиқот Ўзбекистонда туризм соҳасини жадал ривожлантиришда инвестицион лойиҳаларни самарали жалб этиш ва бошқаришнинг ташкилий-иқтисодий механизмларини таҳлил қилиш ҳамда такомиллаштиришга бағишланган. Туризм соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар, мамлакатнинг бой маданий-тарихий мероси ва табиий ресурслари инвесторлар учун кенг имкониятлар яратаётган бўлса-да, инвестиция фаоллигини таъминлашда ташкилий механизмлар, ҳуқуқий асослар ва институционал муҳитда ҳануз муайян муаммолар мавжуд. Тадқиқотда туризмга оид инвестицион лойиҳаларни амалга оширишда тўсиқ бўлаётган омиллар, хусусан, лойиҳа муҳандислик ҳужжатларини тайёрлашдаги мураккабликлар, ер ажратиш жараёнидаги узоқ муддатли расмийлаштириш, молиявий кафолатларнинг етарли эмаслиги, маҳаллий ҳокимият органлари ва хусусий сектор ўртасидаги мувофиқлашув муаммолари атрофлича таҳлил қилинган.
Ushbu maqolada Samarqand viloyatidagi tabiiy turistik resurslardan foydalanish holati va ularni samarali rivojlantirish strategiyalari chuqur tahlil qilingan. Hududda mavjud ekologik, geologik, gidrologik hamda landshaft resurslar asosida ekoturizmni, sog‘lomlashtiruvchi turizmni va sarguzasht turizmini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, ekologik muvozanat va barqaror turizm tamoyillari asosida ishlab chiqilgan strategik yondashuvlar asosida takliflar ilgari surilgan. Tahlil qilish natijasida mintaqaning turistik salohiyatini bashoratlash uchun zarur boʻlgan ekonometrik modelni yaratib, modeldan foydalangan holda mintaqaning turizm sohasidagi barcha koʻrsatkichlarini bashorat qilish zarurligi koʻrsatib oʻtilgan.
Maqolada turizm sohasida raqamli marketing vositalaridan foydalanishning dolzarbligi va istiqbollari tahlil qilingan. Raqamli marketingning nazariy asoslari hamda amaliy qo‘llanish mexanizmlari yoritilib, pandemiyadan oldingi va keyingi davrdagi marketing vositalari taqqoslangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy reklama vositalari asta-sekin zamonaviy raqamli yondashuvlar bilan almashinib, turizm marketingida raqamli texnologiyalar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Shu orqali sohada samaradorlik, xalqaro ko‘rinish va raqobatbardoshlik sezilarli darajada oshmoqda.
Mаzkur mаqоlаdа О‘zbеkistоnning turli hududlаridа turizm infrаtuzilmаsini rivоjlаntirish vа хizmаt kо‘rsаtishni sаmаrаli bоshqаrish muаmmоlаri ilmiy-tаhliliy аsоsdа о‘rgаnilgаn. Sоhаdа аmаlgа оshirilаyоtgаn islоhоtlаr, dаvlаt tоmоnidаn yаrаtilgаn tаshkiliy vа huquqiy bаzа tаhlil qilingаn hоldа, turizm infrаtuzilmаsining hududiy disbаlаnsi, sеrvis хizmаtlаri sifаtining pаst dаrаjаdа еkаni vа bоshqаruvdаgi mаrkаzlаshuvning salbiy оqibаtlаri оchib bеrilgаn. Hududlаr kеsimidа mеhmоnхоnаlаr sоni, ахbоrоt mаrkаzlаri, trаnspоrt infrаtuzilmаsi vа хizmаt kо‘rsаtish indеksi bо‘yichа jаdvаllаr shаkllаntirilib, infrаtuzilmаni hududiy rеjаlаshtirish, dаvlаt-хususiy shеriklikni rivоjlаntirish, rаqаmli tехnоlоgiyаlаr jоriy еtish, хizmаt kо‘rsаtish sifаtini stаndаrtlаshtirish vа bоshqаruvni dеsеntrаlizаtsiyа qilish bо‘yichа tаkliflаr ishlаb chiqilgаn.
Ushbu maqolada turizm korxonalari faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha aniq innovatsion mexanizmlarning samaradorligi oʻrganilib, jahonda ushbu sohani rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan eng soʻnggi innovatsion mexanizmlar, sunʼiy intellekt asosidagi bronlash tizimlari, virtual reallik sayohatlari, barqaror turizm tashabbuslari kabi yoʻnalishlar va ularning natijadorligi oʻrganilgan.