Ushbu maqolada Excel fayllaridagi ma’lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va farqlarini avtomatik tarzda aniqlash uchun ishlab chiqilgan dasturiy yechim haqida ma’lumot berilgan. Dastur ikki faylni “familya” ustuni bo‘yicha birlashtiradi, ular orasidagi tafovutlarni aniqlaydi va 1 dan katta farqlarni qizil rangda belgilab beradi. Dastur buhgalterlik va auditorlik hisobotlarini tezkorlik bilan tahlil qilish va shffof hujjatlar shakllantirish imkonini beradi.
Мақолада 2010–2024 йиллар бўйича панель маълумотлар асосида Ўзбекистон Республикаси ҳудудларида ифлослантирувчи моддалар ташламаларига таъсир этувчи омилларнинг эконометрик таҳлили амалга оширилган. Ижтимоий-иқтисодий омилларнинг таъсирини баҳолаш учун чизиқли ва логарифмик регрессия моделларидан фойдаланилган. Тадқиқот натижалари саноат ишлаб чиқариши ҳажмининг ошиши ифлослантирувчи моддалар ташламаларининг кўпайиши билан кузатилишини, асосий капиталга инвестициялар ва аҳоли зичлигининг ортиши эса улар ҳажмининг камайиши билан боғлиқлигини кўрсатди. Натижаларни таққослаш логарифмик регрессия модели чизиқли спецификацияга нисбатан тадқиқ этилаётган боғлиқликларни аниқроқ ифодалашини кўрсатди
Ushbu tadqiqot Global innovatsion indeks (GII) ma’lumotlariga asoslanib, O‘zbekistonning 2020-2025-yillardagi innovatsion samaradorligini baholaydi hamda uni jahon yetakchilari (Shveysariya, Shvetsiya, AQSH), rivojlanayotgan mamlakatlar (Hindiston, Vetnam, Marokash) va mintaqaviy hamkorlar (Qozog‘iston, Ozarbayjon) bilan taqqoslaydi. O‘zbekistonning umumiy GII reytingi 2025-yilda 79-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa-da, uning innovatsion natijalari kiritilgan resurslardan ancha past bo‘lib qolmoqda, natijada o‘rtacha samaradorlik farqi 23-pog‘onani tashkil etmoqda. Hindiston, Vetnam va Marokash o‘zlarining resurs darajasiga nisbatan kutilganidan yaxshiroq natijalarga erishayotgan bo‘lsa, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘z salohiyatidan past natijalarni ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston uchun asosiy muammo investitsiyalar darajasi emas, balki ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini tijoratlashtirishning cheklanganligi, sanoat va ilmiy-tadqiqot sohalari o‘rtasidagi aloqalarning zaifligi hamda yuqori texnologiyali eksportning pastligi tufayli resurslarni natijalarga aylantirishning sekinligidir. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston innovatsion iqtisodiyotni barpo etish uchun tanlangan tarmoqlarga maqsadli xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va venchur moliyalashtirish orqali milliy innovatsion tizimni muvofiqlashtirishni takomillashtirishi lozim