Ushbu maqola Buxoro viloyatida smart turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini tahlil qiladi. Buxoro viloyati, o‘zining boy tarixiy‑madaniy merosi, me’morchiligi va sayyohlar uchun jozibali joylari bilan, turizmni raqamlashtirish uchun katta imkoniyatlarga ega. Maqola smart turizm konsepsiyasini, ya’ni raqamli texnologiyalarni (mobil ilovalar, IoT, AR/VR, sun'iy intellekt va boshqalar) sayyohlar tajribasini shaxsiylashtirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda qanday qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqola global miqyosda smart turizmning rivojlanish tendensiyalarini o‘rganib, Buxoro viloyatida bu texnologiyalarni qanday tatbiq etish mumkinligini ko‘rsatib o‘tadi. Maqola smart turizmni rivojlantirishda zarur bo‘lgan strategiyalarni va amaliy tavsiyalarni taqdim etadi
Mazkur maqolada banklarni transformatsiyalash jarayonida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish orqali bank xizmatlari ommabopligini oshirish, banklarning an’anaviy xizmat ko‘rsatishdan raqamli xizmat ko‘rsatishga o‘tishini amalga oshirishning ilmiy-nazariy jihatlari yoritib berilgan. Maqolaning tahliliy qismida mamlakatimizdagi mavjud raqamli banklar, mobil ilovalar, to‘lov tizimlarining faoliyati, shuningdek, an’anaviy va raqamli banklarning afzal jihatlari va kamchiliklari o‘rganilib tahlil etilgan. Xulosa qismida banklarni transformatsiyalash jarayonida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan
Ushbu maqolada, banklarni transformatsiyalash jarayonining nazariy asoslari tadqiq etilib, xorij olimlarining transformatsiyalashga doir ilmiy-nazariy qarashlari va mualliflik taʼriflari keltirib oʻtilgan. Shuningdek, transformatsiya jarayonining zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda bank samaradorligiga taʼsiri, mijozlarga boʻlgan yondashuvlarni ishlab chiqish, transformatsiyalashda bank xodimlarini malakasini oshirish va malakali kadrlarni bank amaliyotiga jalb etishga doir tadqiqotlar amalga oshirilgan
Ushbu maqolada O‘zbekiston bank tizimida faoliyat yurituvchi Asakabank ATB misolida nomoddiy aktivlar (NA) auditini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda MHXS 38 “Nomoddiy aktivlar” va IFRS 3 “Biznes birlashmalari” talablariga muvofiq ravishda bank balansida qayd etilgan dasturiy ta’minotlar, internet-banking platformalari, mobil ilovalar, brend qiymati va boshqa intellektual mulk obyektlari tahlil qilindi. Asakabankda NA auditi jarayonida uchraydigan asosiy muammolar – baholashdagi subyektivlik, huquqiy hujjatlar bazasining yetarlicha to‘liq emasligi, amortizatsiya siyosatidagi tafovutlar – aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarga asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, baholash metodologiyasini standartlashtirish, raqamli texnologiyalarni audit jarayoniga integratsiya qilish, auditorlar malakasini oshirish va intellektual mulk huquqlarini mustahkamlash kabi chora-tadbirlar taklif etildi. Tadqiqot natijalari Asakabank ATBda nomoddiy aktivlar auditining shaffofligini oshirish hamda moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashga xizmat qiladi.