Maqolada O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni baholashning amaldagi holati va uni rivojlantirish istiqbollari aks ettirilgan. Jumladan, ko‘chmas mulk qiymatini baholashning xizmatlar bozoridagi o‘rni, mulkni baholashga oid ilmiy-nazariy qarashlarning qiyosiy tavsifi, ko‘chmas mulk obyektlarining belgilari, ko‘chmas mulk bozorlarining tasnifi, baholash faoliyatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan mexanizmlar ko‘rib chiqilgan.
Mazkur maqolada iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va tartibga solishda soliq mexanizmining o‘rni hamda ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida soliq siyosati orqali tarmoqlarni rag‘batlantirish, soliq yukini optimallashtirish va selektiv soliq mexanizmlarini joriy etish masalalari tahlil qilingan. Olingan natijalar asosida iqtisodiyot tarmoqlarini soliq mexanizmi orqali tartibga solishni takomillashtirishga doir ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan
Jahon mamlakatlari moliyalashtirilayotgan har bir loyihaning atrof-muhitga, biznes subyektlariga va aholining sog‘lig‘iga ko‘rsatadigan ta’sirini chuqur baholagan holda, moliya bozorida yashil moliyalashtirish amaliyotini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni jadallashtirmoqda. Mazkur jarayon yashil moliyaviy instrumentlar orqali kapital jalb qilish mexanizmlarini to‘liq va mukammal ishlab chiqish zarurati, ularni qonunchilik normalari bilan tartibga solishga bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotgani, shuningdek investorlar hamda emitentlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish va institutsional jihatdan samarali yo‘lga qo‘yish talablariga sabab bo‘lmoqda. Natijada, yashil moliya bozorining shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan metodologik yondashuvlarni ishlab chiqish zarurati keskin oshib, samarali bozor infratuzilmasini yaratish masalasi dolzarb tus olmoqda. Ushbu maqolada yashil moliya bozorini tashkil etish, uni takomillashtirish, samaradorligini oshirish hamda tartibga solish metodologiyasiga doir ilmiy-nazariy tahlillar keltiriladi
Mazkur maqolada davlat ishtirokidagi korxonalar moliyaviy barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda moliyaviy barqarorlikning iqtisodiy mohiyati hamda uning ichki va tashqi omillar bilan bog‘liqligi yoritildi. Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillar moliyaviy va nomoliyaviy guruhlarga ajratilib, ularni tartibga solish mexanizmi ishlab chiqildi. Shuningdek, qarzlar va pul oqimlarini samarali boshqarish hamda investitsion siyosatni takomillashtirish korxonalarning to‘lovga qobiliyati va investitsion jozibadorligini oshirishini tasdiqladi. Olingan xulosalar davlat ishtirokidagi korxonalar uchun uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega
Мақолада фонд бозорини тартибга солишнинг назарий ва услубий асослари, унинг миллий иқтисодиётдаги ўрни ва роли кўриб чиқилган, фонд бозорининг асосий воситаларидан фойдаланишнинг муаммоли томонлари кўрсатилган ҳолда тавсифланган, фонд бозорини ривожлантиришнинг ташқи шароитлари таҳлил қилиниб, миллий иқтисодиётда фонд бозори механизмининг ривожланиш хусусиятлари аниқланган. Шунингдек, Ўзбекистон иқтисодиёти ҳолатининг ҳозирги босқичига хос бўлган фонд бозори ресурсларини жалб қилиш тузилмасига эътибор қаратилиб, уларни такомиллаштириш бўйича тавсиялар ишлаб чиқилган.
Maqolada oliy ta’lim muassasalariga berilgan moliyaviy va akademik mustaqillikning huquqiy asoslari tahlil qilingan, amaldagi qonunchilikdagi bo‘shliqlar aniqlangan va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda oliy ta’lim muassasasining “byudjet tashkiloti” maqomi bilan berilgan mustaqillik o‘rtasidagi huquqiy nomuvofiqlik asoslab berilgan. Muallif tomonidan oliy ta’lim muassasasi uchun “daxlsiz jamg‘arma (endowment fund)” institutini huquqiy tartibga solish modeli taklif etilib, uning asosiy elementlari korpusning daxlsizligi, sarflash tartibi, homiylar uchun soliq rag‘batlari va boshqaruv mexanizmi belgilangan. Mazkur institut moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash va muassasaning uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini ta’minlashning strategik vositasi sifatida asoslangan