• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
XORIJIY MAMLAKATLAR MISOLIDA KRAUDFANDING PLATFORMALARI VA ULARNING AMALIYOTDAGI QO‘LLANILISH TAMOYILLARI
Firdavs Saidov

Ushbu maqolada zamonaviy moliyalashtirish mexanizmlaridan biri bo‘lgan kraudfanding tizimining xorijiy davlatlardagi qo‘llanilish tajribalari va ularning ishlash tamoyillari tahlil qilingan. Tadqiqotda AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Xitoy kabi mamlakatlar misolida kraudfanding platformalarining asosiy turlari – xayriya, mukofot asosida, qarz va aksiyadorlik shakllari o‘rganildi. Shuningdek, ushbu platformalarning moliyaviy vosita sifatida afzalliklari, xavf-xatar omillari hamda huquqiy-institutsional asoslari tahlil etildi. Tadqiqot natijalari kraudfandingning moliyaviy inklyuzivlikni oshirish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdagi rolini asoslashga xizmat qiladi.

06/09/2025
  • PDF
320-327 79 33
KICHIK BIZNESNI NAQD PULSIZ KO‘RINISHGA O‘TKAZISHNING AFZALLIKLARI
Mirkomil Boboyorov

Ushbu maqolada kichik biznesni naqd pulsiz ko‘rinishga o‘tkazishning iqtisodiy va tashkiliy afzalliklari o‘rganildi. Xitoy, Yaponiya va Germaniya tajribalari asosida 2020–2024 yillar davomida raqamli to‘lov tizimlari rivojlanishining kichik biznes faoliyatiga ta’siri tahlil qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda kichik biznesni raqamli to‘lovlarga o‘tkazishning istiqbollari va ijobiy natijalari haqida ham fikr yuritildi. Tadqiqot natijalari naqd pulsiz operatsiyalarning moliyaviy shaffoflik, xarajatlarni qisqartirish, soliq bazasini kengaytirish va mijozlar sodiqligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi

02/03/2026
  • PDF
136-142 24 30
XITОY XALQ RESPUBLIKASIDA TASHQI SAVDO FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASHNING KOMPLEKSLI TIZIMI
Nishanbay Sirajiddinov , Komilaxon Shoislomova

Xitoy dunyodagi eng yetakchi eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotlardan biri bo‘lib, eksportni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning eng rivojlangan tizimiga ega mamlakat sifatida ajralib turadi. Ushbu tizimning markazida Xitoy Eksport-import banki, Xitoy Taraqqiyot banki, davlat eksport-kredit sug‘urta agentligi Sinosure, shuningdek, byudjet va soliq rag‘batlantirish mexanizmlari mavjud. Maqolada Xitoyning eksportni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha institutsional tuzilmasi va mexanizmlari tahlil qilinadi hamda ushbu modelning yuqori samaradorligini belgilovchi omillar aniqlanadi.


Tadqiqotda Xitoyning davlat eksport siyosatining asosiy elementlari normativ-huquqiy tartibga solish, kreditlash, sug‘urtalash, subsidiyalash instrumentlari hamda tashqi savdo jarayonlarining raqamlashtirilishi kompleks tarzda yoritilgan.

12/18/2025
  • PDF (Russian)
515-522 26 96
DAVLAT XARIDLARINI AMALGA OSHIRISHNING XORIJ TAJRIBASI: TAHLIL VA NATIJALAR
Mahliyo Abduraxmonova

Ushbu maqolada davlat xaridlarini tashkil etishning xorijiy mamlakatlardagi ilg‘or tajribalari o‘rganiladi. Xususan, Yevropa Ittifoqi, AQSh, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy va Singapur kabi davlatlarning xarid tizimlari, ularning institutsional asoslari, raqamlashtirish darajasi, shaffoflikni ta’minlash mexanizmlari hamda korrupsiyaga qarshi choralar tahlil qilinadi. Xorij tajribasi O‘zbekiston davlat xaridlari tizimini takomillashtirishga oid amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi

11/30/2025
  • PDF
259-264 40 31
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O‘ZBEKISTONDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARI VA STRATEGIK YO‘NALISHLARI
Mohigul G‘ayratova , Laylo Tashpulatova

Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda institutsional mexanizmlarning roli va strategik yo‘nalishlar tahlil qilingan. Mamlakatdagi mavjud investitsion muhit, davlat siyosati va xalqaro tajriba asosida O‘zbekiston uchun mos takliflar ishlab chiqilgan. Xitoy, Estoniya va Singapur kabi mamlakatlar misolida zamonaviy raqamli infratuzilmaning investitsiyalar uchun jozibadorlikni oshirishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan.

10/17/2025
  • PDF
537-546 63 49
DAVLAT ULUSHI MAVJUD KORXONALARDA MOLIYANI BOSHQARISH TIZIMINI OPTIMALLASHTIRISH: XALQARO YONDASHUVLARNI O‘ZLASHTIRISH VA MOSLASHTIRISH
Dilshod Axmedov

Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyoti islohotlari sharoitida davlat ulushiga ega korxonalarda moliyaviy resurslarni boshqarish va nazorat qilishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. Germaniya, Koreya, Xitoy va Polsha kabi davlatlar tajribasi hamda mamlakatning metallurgiya sohasidagi holatini tahlil qilish asosida raqamli vositalarni joriy etish, institutsional nazoratni kuchaytirish va moliyaviy jarayonlarning shaffofligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Maqolaning ilmiy yangiligi xorijiy boshqaruv modellarini milliy va tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda moslashtirishdadir

10/07/2025
  • PDF (Russian)
344-352 56 33
ФУҚАРОЛИК БЮДЖЕТИ МИНТАҚАВИЙ РИВОЖЛАНИШ СТРАТЕГИЯСИНИНГ ЭЛЕМЕНТИ СИФАТИДА
Ирина Русак

Мақолада ижтимоий-иқтисодий тараққиётни режалаштиришнинг институционал ва услубий жиҳатларига эътибор қаратган ҳолда минтақавий ривожланиш стратегиясининг янги элементлари кўриб чиқилган. Стратегик ҳужжатларни ишлаб чиқиш ва амалга ошириш жараёнларида жамоатчилик иштирокининг ролига, жумладан, жамоатчилик эшитувлари, эксперт маслаҳатлари, фокус-гуруҳлар, рақамли электрон бошқарув платформалари ва айниқса, фуқаролик бюджетлаштириш каби механизмларга алоҳида эътибор қаратилган. Муаллиф халқаро амалиётда (Бразилия, Испания, Франция, Хитой) бундай воситаларни жорий этишнинг назарий асосларини ҳам, амалий мисолларини ҳам ва уларни Беларус Республикасида қўллашнинг шарт-шароитларини таҳлил қилган. Минтақавий даражада стратегик режалаштириш тизимини такомиллаштиришнинг асосий йўналишлари тақдим этилган: ҳуқуқий база, институционал инфратузилма, мувофиқлаштириш тартиб-қоидалари, мониторинг ва баҳолаш, шунингдек, мавжуд институционал тўсиқлар аниқланган. Фуқаролик жамиятининг ролини кучайтириш ва бюджет ресурсларини тақсимлашда аҳолининг тўғридан-тўғри иштирок этиш механизмларини жорий қилиш давлат қарорларининг шаффофлигини оширишга, ҳокимиятга бўлган ишончни мустаҳкамлашга ва маҳаллий аҳоли манфаатларини аниқроқ акс эттиришга хизмат қилиши кўрсатиб берилган. Хулоса қилиб айтганда, ҳудудларнинг барқарор ва мувозанатли ривожланишини таъминлаш учун амалдаги давлат режалаштириш тизимига янги ёндашувларни жорий этиш зарур, деган хулосага келинган.

06/14/2025
  • PDF (Russian)
458-468 72 35
AGROKLASTER TIZIMINI OPTIMALLASHTIRISHNING XORIJIY STRATEGIK YONDASHUVLARI
Farrux Jo‘rayev

Agroklaster tizimini optimallashtirish bo‘yicha xorijiy strategik yondashuvlarni o‘rganish qishloq xo‘jaligi va sanoatni integratsiyalash orqali barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada turli davlatlarning agroklaster modelini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalari tahlil qilinadi. Xususan, AQSh, Yevropa Ittifoqi, Xitoy va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning davlat siyosati, investitsiya jalb etish usullari, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va agroklasterlarning global bozor bilan integratsiyasi kabi strategik yondashuvlari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari agroklaster tizimini rivojlantirishda xalqaro tajribadan foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilishga va mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan modelni taklif etishga qaratilgan.

04/04/2025
  • PDF
191-198 74 34
YANGI O‘ZBEKISTONNING XALQARO MUNOSABATLARDA TUTGAN O‘RNI
Feruza Xayitova

Ushbu maqola Yangi O‘zbekistonni xorij mamlakatlari va mintaqalararo xalqaro miqyosda rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, davlatlar iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan strategiyalar va amaliyotlari haqida yoritib berilgan. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda strategik ahamiyatga ega bo‘lib, Xitoy, Rossiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi kabi yirik davlatlar va tashkilotlar bilan keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini rivojlantirib kelmoqda. Maqolada mamlakatimizning jahon iqtisodiyotidagi hissasi, import va eksport ulushi hamda xalqaro munosabatlarda tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

08/29/2024
  • PDF
167-173 107 50
1 - 9 from 9

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer