Mazkur maqolada soliqlarning iqtisodiy mohiyati hamda davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi o‘rni tadqiq etilgan. Soliqlarning iqtisodiy mazmuni, funksiyalari va soliq munosabatlarining nazariy asoslari mahalliy hamda xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari asosida tahlil qilingan. Shuningdek, soliqlarning budjet daromadlarini ta’minlashdagi ahamiyati, davlat va soliq to‘lovchilar manfaatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda soliq siyosatini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijasida budjet daromadlari barqarorligini ta’minlash va soliq tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan
Mazkur maqolada soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish va inson omilini kamaytirish sharoitida soliq xavflarini oldindan aniqlash va baholash tizimi ustuvor vazifa hisoblanadi. Ayniqsa, “yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurashishda soliq to‘lovchilarni xavf darajasiga ko‘ra segmentatsiya qilish va soliq uzilishi (tax gap) koeffitsiyentini minimallashtirish mexanizmlarini takomillashtirish zarurati mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Maqola doirasida soliq risklarini aniqlash mezonlari va ularni miqdoriy baholash modellari ko‘rib chiqilgan hamda O‘zbekiston soliq tizimida risklarni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan
Mazkur maqolada soliq organlari tomonidan tekshirish va soliq to‘lovchilar faoliyatini nazorat qilish amaliyotini takomillashtirish orqali ularning mumkin bo‘lgan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini aniqlash, adolatli soliqqa tortishni ta’minlash va pirovardida soliq tizimining umumiy samaradorligiga hissa qo‘shish imkoniyatlarini oshirishi mumkinligi organilgan va xulosalar shakllantirilgan. Maqolada xorijiy tajribalarni O‘zbekiston sharoitida tatbiq etishning afzalliklari va muammolari yoritilib, milliy soliq siyosatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Мазкур мақолада мамлакатда солиқ соҳаларида тадбиркорлик фаолиятини юритиш учун қулай шарт-шароитлар яратиш, бизнес доираларнинг ишончини янада мустаҳкамлашга қаратилган кенг кўламли ислоҳотларни такомиллаштиришда ҳудудлараро солиқ инспекциясини ўрни ва аҳамияти ёритилган. Шу билан бирга, Ўзбекистон солиқ тизимида ҳудудлараро солиқ инспекцияси амалга оширилаётган айрим муҳим ислоҳотлар ўрганилиб, хориж тажрибаси, мамлакатимизда уни қўллаш бўйича илмий-амалий хулоса ва таклифлар ишлаб чиқилган.