Mazkur maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim xizmatlarini raqamlashtirishning institutsional asoslari, normativ-huquqiy muhiti, raqamli infratuzilma holati va uning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Shuningdek, inklyuziv ta’lim xizmatlarini tashkil etishda Learning Analytics, Big Data va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganilgan. PEST va SWOT tahlillari asosida sohaning kuchli va zaif tomonlari baholangan hamda 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari davlat, oliy ta’lim muassasalari va IT infratuzilmasi integratsiyasi asosida yagona inklyuziv raqamli ta’lim ekotizimini shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston iqtisodiyoti modernizatsiyalashuvi sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar, xususan, korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va ularning to‘lov qobiliyatini oshirishda soliq qarzlarini optimallashtirish hamda qisqartirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida korxonalarda soliq qarzlarining vujudga kelishining ichki va tashqi omillari, soliq majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilmasligining korxona likvidligiga salbiy ta’siri hamda soliq ma’muriyatchiligini transformatsiya qilish orqali soliq qarzdorligini kamaytirish yo‘llari atroflicha tahlil qilingan. Maqolada soliq qarzlarini majburiy undirish va uning huquqiy-iqtisodiy oqibatlari, xususan, undiruvni sudgacha va sud tartibida amalga oshirish samaradorligi muhokama qilinadi. Milliy soliq tizimidagi so‘nggi islohotlar va amaldagi Soliq kodeksi normalarining korxonalar barqarorligiga ta’siri konseptual jihatdan baholangan. Shuningdek, xalqaro ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston iqtisodiy realligiga moslashtirish, soliq intizomini oshirishda rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish hamda inkasso va ijro hujjatlari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan
Ushbu maqola kommunal xizmatlar boshqaruvini rivojlantirishning afzalliklari, kommunal xizmatlar sifatini oshirishning aholi farovonligini ta’minlash, turmush darajasini yaxshilash darajasi va sifatli tashkil qilishdagi ahamiyatli jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Avvalo, kommunal xizmatlar sohasi davlat tomonidan tartibga solinishi, bu borada O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident Farmonlari va hukumat qarorlari muhim ahamiyatga egaligi, ular orqali suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, gaz va elektr energiyasi yetkazib berish, chiqindilarni boshqarish kabi xizmatlarning huquqiy asoslari belgilanishi misollar yordamida yoritib berilgan
Ushbu maqolada qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini marja asosida aniqlash metodologiyasining ilmiy asoslari tadqiq etilgan. Unda O‘zbekistonda 2026-yildan joriy etilgan marja yondashuvining mazmuni, uni qo‘llashning huquqiy va metodologik asoslari, amaliyotda uchrayotgan asosiy muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqotda marja bazasi samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan qo‘llash shartlari, QQSni hisoblash algoritmi va boshqa segmentlarga tatbiq etish bo‘yicha 5 mezonli filtr taklif etilgan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya tajribasi asosida marja bazasining fiskal neytrallik, hujjatlashtirish intizomi va nazorat indikatorlari bilan bog‘liq jihatlari yoritilgan. Maqolada marja bazasi yondashuvini O‘zbekiston sharoitida ilmiy asoslangan holda takomillashtirish yuzasidan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan
Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari bugungi kunda global iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylandi. Ularning asosiy maqsadi moliyaviy hisobotlarni tuzishda yagona yondashuvni ta’minlash, ularning xalqaro miqyosda taqqoslanishini osonlashtirish hamda investorlar uchun shaffoflikni oshirishdan iborat. Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari ko‘plab mamlakatlarda qabul qilingan bo‘lib, bu biznes jarayonlarini muvofiqlashtirish, kompaniyalar faoliyati samaradorligini baholash va moliyaviy axborotni standartlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, hisob tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish nafaqat huquqiy talablarni bajarish, balki biznes jarayonlarida raqobatbardoshlikni oshirish nuqtai nazaridan ham muhimdir
O‘zbekiston sug‘urta bozorida bir qator muammolar va kamchiliklar borki, bu omillar iqtisodiyotning bu sektori samaradorligini pasaytirayotgan asosiy sabablardan biridir. Mazkur maqola sug‘urta xizmatlari tizimidagi mavjud kamchiliklarni o‘rganib, ular yechimi uchun tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan. Sug‘urta xizmatlarining yetarlicha rivojlanmaganligi, xalqaro standartlarga mos bo‘lmagan me’yoriy-huquqiy baza va boshqa bir qancha muammolar tahlil qilingan. Shu bilan birga, aholining sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xorijiy tajribalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy takliflar keltirilgan. Maqola sug‘urta sohasini rivojlantirishga qaratilgan dolzarb muammolarni yoritgan.