• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
ISLOM BANK XIZMATLARINI TASHKIL ETISH TURLARI VA SHAKLLARI
Shukrullo Sirojiddinov

Mazkur maqolada tijorat banklarida islom moliyasi xizmatlarini taqdim etishning uch asosiy modeli - islom darchasi, islom sho‘ba banki va to‘liq islom banki - nazariy jihatdan qiyosiy tahlil qilinadi. Tahlil kirish xarajatlari nazariyasi, tranzaksion xarajatlar nazariyasi, resursga asoslangan yondashuv va institutsional nazariya kabi to‘rtta fundamental iqtisodiy konsepsiya orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, maqolada islom darchalari tomonidan ko‘rsatiladigan asosiy moliyaviy xizmat turlari - murobaha, mudoraba, mushoraka, ijara, istisna va salam - shartnomaviy mexanizmlari bilan batafsil yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston kabi islom moliyasi bozori hali shakllanish bosqichida bo‘lgan mamlakatlarda islom darchasi modeli kirish xarajatlari minimalligi, mavjud infratuzilmadan foydalanish samaradorligi va dinamik moslashuvchanlik jihatidan strategik ustunlikka va ahamiyatga ega

06/17/2026
  • PDF
633-640 72 34
KORXONA FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH UCHUN ZAMONAVIY TAHLIL USULLARI ASOSIDA BOSHQARUV HISOBI TIZIMINI RIVOJLANTIRISH
Olim Xudoynazarov

Mazkur maqolada korxona faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv hisobi tizimini zamonaviy tahlil usullari asosida rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Boshqaruv hisobini an’anaviy hisob tizimidan boshqaruv qarorlarini qabul qilishni analitik jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi vositaga aylantirish zarurati asoslab berilgan. Tadqiqotda umumilmiy va iqtisodiy-statistik usullar, jumladan, tahlil, sintez, qiyosiy tahlil hamda ekonometrik modellashtirish usullaridan foydalanilgan.Korxona faoliyati samaradorligining integral ko‘rsatkichiga boshqaruv hisobi tizimi rivojlanganlik darajasi, analitik usullardan foydalanish hamda hisob jarayonlarining raqamlashtirilganlik darajasining ta’sirini baholash uchun ko‘p omilli regressiya modeli taklif etilgan. Tadqiqot natijalari o‘rganilgan omillar bilan samaradorlik o‘rtasida barqaror ijobiy bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi, bunda eng katta ta’sir zamonaviy analitik vositalar (KPI, omilli va marjinal tahlil) hissasiga to‘g‘ri keladi. Olingan natijalar asosida boshqaruv hisobi tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi, jumladan KPI tizimini joriy etish, analitik vositalarni rivojlantirish hamda raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish. Taklif etilgan yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish boshqaruv qarorlarining sifatini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish hamda korxonaning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi

05/06/2026
  • PDF (Russian)
543-552 81 38
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA ELEKTRON TIJORAT TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI
Muhayyo Ravshanova

Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida elektron tijorat tizimlarini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari keng tahlil qilinadi. Tadqiqotda elektron tijoratning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni, uning rivojlanish tendensiyalari hamda raqamli texnologiyalarning ushbu jarayonga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, elektron tijorat tizimlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy omillar raqamli infratuzilma, innovatsion texnologiyalar, marketing strategiyalari va huquqiy asoslar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada global va milliy darajadagi elektron tijorat rivojlanish jarayonlari qiyosiy tahlil qilingan bo‘lib, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi asosida muhim xulosalar chiqarilgan. Tadqiqot davomida elektron tijoratning iqtisodiy samaradorlikka, bandlik darajasiga hamda bozor munosabatlarining transformatsiyasiga ta’siri ochib berilgan

05/03/2026
  • PDF
516-520 68 0
O‘ZBEKISTON HUDUDLARIDA INNOVATSION TADBIRKORLIKNI INTEGRAL INDEKS YONDASHUVI ASOSIDA BAHOLASHNING HUDUDIY DIFFERENSIAL MODELI
Gulnora Shadiyeva

Mazkur maqolada 2024-2025 yillarda O‘zbekiston hududlarida innovatsion tadbirkorlikning rivojlanish darajasi kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi hududlar o‘rtasida innovatsion faollik va investitsion salohiyat ko‘rsatkichlaridagi nomutanosiblik bilan asoslanadi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida kontent-tahlil, solishtirma tahlil hamda induksiya va mantiqiy umumlashtirish usullari qo‘llanildi. Muallif tomonidan Hududiy innovatsion tadbirkorlik indeksi (HITI) ishlab chiqilib, rasmiy statistik ma’lumotlar asosida hisob-kitoblar amalga oshirildi. Natijalar hududlar o‘rtasida sezilarli differensial rivojlanish mavjudligini ko‘rsatdi. Yuqori indeksga ega hududlarda innovatsion infratuzilma va investitsiya konsentratsiyasi yuqori bo‘lsa, past indeksli hududlarda institutsional va moliyaviy cheklovlar mavjud. Maqolada innovatsion siyosatni hududiy differensial yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha strategik takliflar ishlab chiqildi

02/13/2026
  • PDF
428-434 122 64
DUNYODA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMLARINI TASHKIL ETISH VA MOLIYALASHTIRISHNING XUSUSIYATLARI
Xasan Umarov , Yuriy Korolev

Ushbu maqolada dunyo mamlakatlarida hozirda qo‘llaniladigan turli xil sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish modellarining qiyosiy tahlili keltirilgan. Ushbu modellar aholiga keng ko‘lamli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini berish va ijtimoiy farovonlikni yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, bu mehnat unumdorligi va iqtisodiy o‘sishga bevosita ta’sir qiladi. Maqolada har bir sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish modelining operatsion xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklari batafsil ko‘rib chiqiladi.

02/01/2026
  • PDF (English)
240-245 131 77
YIRIK KORXONALARNING RENTABELLIK KO‘RSATKICHIGA MAKROIQTISODIY OMILLARNING TA’SIRI
Nargiza Qosimova

Ushbu tadqiqot makroiqtisodiy omillar va kompaniyalar rentabelligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganadi hamda korxonalarning moliyaviy ko‘rsatkichlari yalpi foyda marjasi (gross margin), operatsion marja (operating margin), EBITDA marjasi va aktivlarning rentabelligi (ROA)ga ta’sirini tadqiq qiladi. Nazariy yondashuvlar, empirik tahlillar va iqtisodiy-ekonometrik modelga tayangan holda, tadqiqot zamonaviy AQSH iqtisodiyotining asosiy drayverlari bo‘lgan 16 ta yirik kompaniya misolida makroiqtisodiy omillar va firmaning o‘zaro ko‘p qirrali  aloqa dinamikasini ochib beradi. Natijalar valyuta kursi, inflyatsiya kabi makroiqtisodiy omillar va korporativ foyda o‘rtasida sezilarli bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi hamda kompaniyalarning makro darajadagi o‘zgarishlarga qanday javob berishini yoritadi. Shuningdek, moliyaviy menejerlar uchun amaliy ahamiyatlari muhokama qilinib, qaror qabul qilish jarayonlarida makroiqtisodiy sharoitlarni hisobga olish muhimligi ta’kidlanadi. Umuman olganda, maqola makroiqtisodiy omillar va firma ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushunishga hissa qo‘shadi hamda kelgusida yanada chuqur tadqiq etilishi lozim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha tavsiyalar beradi

12/03/2025
  • PDF (English)
325-328 129 67
QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARINING EKOLOGIK AKTIVLARINI HISOBGA OLISH
Komiljon Mirzayev

Ushbu maqolada qurilish materiallari sanoati korxonalarida ekologik faoliyatga qaratilgan investitsiyalarni buxgalteriya hisobida alohida obyekt sifatida aks ettirish zarurati tahlil qilingan. Amaldagi hisob siyosatida ekologik vositalar umumiy asosiy vositalar tarkibida yuritilishi ularning iqtisodiy samaradorligini aniq baholashga to‘sqinlik qilayotgani aniqlangan. Shu munosabat bilan 0100 schyoti doirasida 0192 va 0193 subhisoblarni joriy etish taklif etiladi. Mazkur subhisoblar orqali chang ushlovchi, chiqindini qayta ishlovchi va atmosfera tozalovchi uskunalarni aniq tasniflash, amortizatsiyasini hisoblash va monitoringini olib borish imkoniyati yaratiladi.

11/27/2025
  • PDF
204-208 141 0
BARQAROR RIVOJLANISHNI TAʼMINLASHDA YASHIL IQTISODIYOTNING O‘RNI
Sarvinoz Toʻrayeva

Ushbu maqolada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi ko‘magida O‘zbekiston iqlim byudjetini markirovkalash modelini ishlab chiqish va joriy qilish asoslangan. Barqaror rivojlanish konsepsiyasiga nisbatan iqtisodiy yondashuv tarixi yoritilgan. “Yashil” byudjetlashtirish bo‘yicha sohalar kesimida markirovka qilingan mablag‘larning 2024- yil uchun prognozi keltirilgan

10/28/2025
  • PDF (English)
717-723 132 150
HUDUDLAR RIVOJLANISHI VA MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA TASHQI SAVDONING AHAMIYATI
Shаvkаt Оtаmurоdоv, Nasiba Eshqulova

Maqolada mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida hududlar eksportining dinamikasi va hozirgi holati, uning tarkibiy o‘zgarishlari tahlil qilingan. Shuningdek, eksportni diversifikatsiyalash va barqarorligini ta’minlash masalalari tahlil qilingan. 2014-2024 yillar bo‘yicha statistik ma’lumotlar asosida Surxondaryo viloyati eksport dinamikasi tahlil qilingan, ARIMA modeli yordamida 2025-2030 yillarga prognozlar ishlab chiqilib, eksport hajmining o‘sish tendensiyasi aniqlangan. Shuningdek, eksport tarkibini kengaytirish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish, raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali eksportni rivojlantirish bo‘yicha takliflar berilgan.

10/21/2025
  • PDF
583-591 118 190
ELEKTRON TIJORAT SUBYEKTLARINI BOSHQARISH SAMARADORLIGI KO‘RSATKICHLARINI OPTIMALLASHTIRISH: RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI
Zuxra Madiyeva

Iqtisodiy jarayonlarning faol raqamli transformatsiyasi sharoitida elektron tijorat subyektlarini boshqarish samaradorligini oshirish masalalari alohida dolzarblik kasb etmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida e-commerce sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar boshqaruv ko‘rsatkichlarini optimallashtirishga doir konseptual yondashuvlar va amaliy mexanizmlar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida elektron biznesning institutsional muhiti, raqamli yetuklik darajasi va texnologik infratuzilmasi o‘rganilib, rivojlanishni cheklayotgan asosiy to‘siqlar aniqlangan. E’tibor integratsiyalashgan boshqaruv modelini joriy etish zarurati, jumladan, raqamli analitika, biznes jarayonlarni avtomatlashtirish, mijozlar bilan aloqani shaxsiylashtirish va zamonaviy platformaviy yechimlardan foydalanishga qaratiladi. Xalqaro tajriba bilan solishtirma tahlil asosida, O‘zbekiston sharoitiga mos holda e-commerce subyektlari faoliyat samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari raqamli tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatini shakllantirish va elektron savdoning barqaror rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin.

07/21/2025
  • PDF (Russian)
43-48 202 107
BARQAROR RIVOJLANISHNI TAʼMINLASHDA YASHIL IQTISODIYOTNING O‘RNI
Tursunoy Saidmurotova , Orzugul Yusupova

Ushbu maqolada Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi ko‘magida O‘zbekiston iqlim byudjetini markirovkalash modelini ishlab chiqish va joriy qilish asoslangan. Barqaror rivojlanish konsepsiyasiga nisbatan iqtisodiy yondashuv tarixi yoritilgan. “Yashil” byudjetlashtirish bo‘yicha sohalar kesimida markirovka qilingan mablag‘larning 2024-yil uchun prognozi keltirilgan.

06/24/2025
  • PDF
630-636 172 76
TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHGA TAʼSIR QILUVCHI OMILLARNI TAHLIL QILISH USLUBLARI: USLUBLARGA ASOSLANGAN SHARH
Husniddin Madumarov

Ushbu maqolada toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (TTXI) jalb qilishga taʼsir qiluvchi omillarni baholashda qoʻllaniladigan asosiy uslublar koʻrib chiqiladi. Panel regressiya modellari, gravitatsiya modellari, umumlashtirilgan momentlar usuli va sifat-qiyoslash tahlili asosida olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilinadi. Har bir uslub boʻyicha ilgari surilgan ilmiy ishlar oʻrganilib, ularning qanday natijalarga kelgani va qanday xulosalar bergani tahlil qilinadi. Tadqiqot shuni koʻrsatadiki, TTXIlarni jalb qilish omillarini aniqlashda tanlangan uslub natijalarning barqarorligi va aniqligiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shu boisdan, bir necha yondashuvlarni birlashtirgan aralash uslublar siyosiy va ilmiy tahlillar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

06/20/2025
  • PDF
543-551 175 68
O‘ZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH: POTENSIAL, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR
Saodat Mardonova

Maqolada O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotning asosiy xususiyatlari, jumladan, tabiiy salohiyat, joriy tashabbuslar va ushbu modelni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bartaraf etilishi kerak bo‘lgan to‘siqlar tahlil qilingan. Barqaror rivojlanish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishga asoslangan yashil iqtisodiyot ko‘plab mamlakatlarda iqtisodiy siyosatning muhim yo‘nalishiga aylanib bormoqda.

02/28/2025
  • PDF (Russian)
463-467 107 47
TURISTIK RESURSLARNI BOSHQARISH VA TAKOMILLASHTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI
Muslimaxon Soxibova

Turizm jahon iqtisodiyotining yuqori daromadli va tez oʻsib borayotgan sektorlaridan biri. Iqtisodiy sektor nafaqat mamlakatlar, balki ayrim mintaqalarning iqtisodiyotida salmoqli oʻrinni egallab borishi, undagi boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish masalalarini yuzaga chiqardi. Turizmning asosiy xususiyati, ishlab chiqarishdan farqli oʻlaroq, resurslarni samarali boshqarish natijasida ularning tugab ketishini oldini olishdadir. Ushbu maqolada turistik resurslarni boshqarish va samarali boshqaruvni takomillashtirish mexanizmlarini tashkil etishda xorij tajribasi oʻrganildi, tahlil qilindi, uning asosiy omillari aniqlandi, hamda xorij tajribasini Oʻzbekistonda qoʻllash doirasida amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

02/26/2025
  • PDF
360-372 201 61
51 - 64 from 64 << < 1 2 3 

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer