• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
MEHNAT UNUMDORLIGINI OSHIRISH OMILLARI VA KICHIK BIZNESDA RAQAMLI BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI SAMARALI QO‘LLASH YO‘LLARI
Abdulaziz Abduraimov

Iqtisodiyotning jadallik bilan raqamlashtirilishi sharoitida mehnat unumdorligini oshirish masalasi kichik biznes subyektlari uchun alohida dolzarblik kasb etmoqda. Chunki mehnat resurslaridan samarali foydalanish darajasi tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligi va barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida kichik korxonalar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda mehnat unumdorligini oshiruvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Institutsional cheklovlar, tashkiliy-boshqaruv to‘siqlari va raqamli yechimlarning amaliy boshqaruvga joriy etilish darajasi chuqur o‘rganiladi. Ayniqsa, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, raqamli tahlil vositalari va biznes-jarayonlarni shaxsiylashtirish texnologiyalarining ichki resurslardan samarali foydalanishdagi roli tahlil etiladi. Empirik ma’lumotlar va xalqaro tajribalar asosida mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi raqamli muhitni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari kichik biznesning raqamli iqtisodiyot sharoitida barqaror rivojlanishini ta’minlash strategiyalarini ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkin.

07/17/2025
  • PDF (Russian)
13-19 498 70
КЎЧМАС МУЛКНИ СОЛИҚҚА ТОРТИШ ВА ОММАВИЙ БАҲОЛАШДА ЭКОНОМЕТРИК МОДЕЛЛАШТИРИШ
Улуғбек Тўлаков

Ушбу мақолада кўчмас мулк қийматини солиққа тортиш ва баҳолашнинг илмий асосланган методологияси кўриб чиқилади. Солиққа тортиш тизимининг самарадорлигини ошириш мақсадида кўчмас мулкнинг бозор қийматини аниқлаш учун турли моделлар ва баҳолаш усуллари қўлланилади. Асосий диққат, нарх шакллантирувчи омилларнинг таъсирини баҳолашда қиёсий, харажат ва даромадли ёндашувларнинг фойдаланилишига қаратилади. Кўчмас мулкни солиққа тортиш ва қийматини баҳолашда статистик таҳлил, эксперт баҳолаш ва математик моделлаштириш усуллари кенг қўлланилади. Бу методология бозор ахборотлари ва кўчмас мулк турлари бўйича маълумотларнинг тўғри танланишига асосланади, бу эса солиқ юкламасини адолатли тақсимлашга хизмат қилади. Шунингдек, кўчмас мулкни солиққа тортиш ва баҳолаш усуллари ва моделларини Ўзбекистонда жорий этиш бўйича таклифлар ҳамда тавсиялар ишлаб чиқилган.

07/02/2025
  • PDF
807-847 135 85
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN VAQT QATORLARI ASOSIDA EKSPORT, IMPORT VA IQTISODIY O‘SISH O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIKNI MIDQORIY TADQIQ QILISH
Golestan Zeinabsadat , Ul Haq Ihtisham

Ushbu tadqiqot O‘zbekiston Respublikasida import, eksport va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqligini vaqt qatori ma’lumotlari va zamonaviy ekonometrik uslublar asosida o‘rganadi. Empirik tahlil Augmented Dickey-Fuller (ADF) testi orqali o‘zgaruvchilarning birlik ildizga ega ekanligi yoki yo‘qligini aniqlashdan boshlandi, so‘ngra o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi uzoq muddatli muvozanat aloqalarini aniqlash uchun Johansen kointegratsiya testi qo‘llanildi. Qisqa va uzoq muddatli sababiy bog‘liqliklarni aniqlash uchun Vektor Xatolik Tuzatish Modeli (VECM) ishlatildi. Natijalar importdan eksportga qarab bir yo‘nalishli sababiy bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi, ya’ni import faoliyatidagi o‘zgarishlar eksport natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot shuningdek, import va iqtisodiy o‘sish hamda eksport va iqtisodiy o‘sish o‘rtasida ikki yo‘nalishli (o‘zaro) bog‘liqlik mavjudligini aniqlaydi. Ushbu natijalarning ahamiyati shundaki, savdoning har ikkala tarkibiy qismi-import va eksport-O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Natijalar uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishga erishish uchun import o‘sishini ham, eksportni rag‘batlantirishni ham qamrab oluvchi muvozanatli savdo siyosatining muhimligini ta’kidlaydi.

06/19/2025
  • PDF (English)
535-542 148 0
O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI
Nafosat Sharopova

Maqolada O‘zbekistonda kichik biznes subyektlarining iqtisodiy faoliyati, ularning soha va hududlar kesimidagi rivojlanish dinamikasi hamda tarkibiy o‘zgarishlari ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Kichik biznesning milliy iqtisodiyotdagi strategik ahamiyati xususan, yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki va aholining bandligini ta’minlashdagi o‘rni ushbu tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyatini belgilab beradi. Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligining ma’lumotlari asosida kichik biznes subyektlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasi tahlil qilingan. Xususan, YaIMdagi hissasi, eksportdagi ishtiroki hamda sohalar kesimidagi rivojlanish yo‘nalishlari o‘rganilgan. Shu bilan birga, mavjud muammolar va ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy va strategik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada keltirilgan xulosalar va tavsiyalar milliy iqtisodiyotda kichik biznes subyektlarining samaradorligini oshirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

06/14/2025
  • PDF
448-457 204 118
ХЎЖАЛИК ЮРИТУВЧИ СУБЪЕКТЛАР МОЛИЯВИЙ ҲОЛАТИГА БАҲО БЕРИШДА БУХГАЛТЕРИЯ АХБОРОТИНИ МИҚДОР ВА СИФАТ ЖИҲАТДАН ТАҲЛИЛ ҚИЛИШ
Шахноза Рахматова , Комил Ҳотамов

Ушбу мақолада хўжалик юритувчи субъектлар молиявий ҳолати, жумладан, уларнинг тўловга қобилиятли эканлигини баҳолашда активларни ликвидлилиги бўйича аниқлаб олиш ҳамда мажбуриятларни тўлов муддати бўйича таркибларга ажратиш масаласи ўрганилган бўлиб, бунда бухгалтерия ахборотидан фойдаланишда маълумотларни таркиблаш муҳим эканлигига алоҳида эътибор қаратилган. Активларни таркибида пулга айланиши бир мунча қийин бўлган, жорий мажбуриятларни таркибида эса, тезда тўланиши керак бўлган жорий қарздорликнинг кўп бўлиши жорий тўлов қобилияти коэффициенти юқори чиққанда ҳам нотўғри хулоса шакллантиришга олиб келиши мумкинлиги асосланган.

06/05/2025
  • PDF
253-261 173 101
О‘ZBЕKISTОNDА KО‘CHMАS MULKNI BОSHQАRISHDАGI INSTITUTSIОNАL MUАMMОLАR VА ISLОHОTLАR TАHLILI
Dildоrа Mirdjаlilоvа

Ushbu mаqоlаdа kо‘chmаs mulk оbyеktlаrini bоshqаrishning institutsiоnаl аsоslаri tаnqidiy vа tаhliliy jihаtdаn о‘rgаnilgаn. Оlib bоrilgаn tаdqiqоtlаr, stаtistik mа’lumоtlаr, хаlqаrо vа mаhаlliy iqtisоdchilаrning fikrlаri hаmdа аmаliyоtdаgi rеаl tеndеnsiyаlаr аsоsidа sоhаning rivоjlаnish hоlаti tаhlil qilingаn. Bоshqаruv tizimidаgi mаvjud muаmmоlаr bо‘yichа vаkоlаtlаr tаqsimоtining nоаniqligi, shаffоflik yеtishmаsligi, institutlаr о‘rtаsidаgi muvоfiqlаshuv zаifligi vа ishоnchsizlik kаbi jihаtlаr tаhlil еtilgаn. Е-аuksiоn plаtfоrmаsi misоlidа sаmаrаli institutsiоnаl islоhоtning аhаmiyаti kо‘rsаtilgаn hаmdа kо‘chmаs mulk bоzоrini bаrqаrоr rivоjlаntirish uchun zаrur bо‘lgаn institutsiоnаl yеchim vа tаvsiyаlаr ishlаb chiqilgаn.

04/23/2025
  • PDF
676-683 127 44
AKT VA EKSPORT DIVERSIFIKATSIYASINING DAROMADLAR TENGSIZLIGIGA TA’SIRINING EMPIRIK TAHLILI
Gavxar Sultanova

Ushbu maqolaning maqsadi AKT rivojlanishi, eksport diversifikatsiyasi va daromadlar tengsizligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni empirik tadqiq qilishdan iborat. Tadqiqot 2002-2019 yillardagi 83 mamlakat ma’lumotlarini panel kvantil regressiya usuli yordamida tahlil qilishga asoslangan. Tahlil natijalariga binoan, AKT daromadlar tengsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bu ta’sir Jini koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan mamlakatlarda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Eksport diversifikatsiyasi ham daromadlarning teng taqsimlanishiga yordam beradi, uning ta’siri past va o‘rta darajadagi tengsizlikka ega bo‘lgan mamlakatlarda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, AKT indeksining eksport konsentratsiyasi indeksi bilan o‘zaro ta’siri daromadlar tengsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bu ta’sir taqsimotning yuqori kvantillarida kuchliroqdir. Shunga koʻra, daromadlar tengsizligi yuqori boʻlgan mamlakatlarga iqtisodiyotni raqamlashtirish va eksport diversifikatsiyasini oshirishga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etiladi.

04/04/2025
  • PDF (Russian)
163-180 199 67
ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИНГ ЮҚОРИ РЕЙТИНГГА ЭРИШИШНИНГ МАКРОИҚТИСОДИЙ КЎРСАТКИЧЛАРГА ТАЪСИРИ
Нодир Карабаев

Мақолада тижорат банкларининг рейтингига таъсир қилувчи макроиқтисодий омилларнинг тўғридан-тўғри ва билвосита алоқалари таҳлили келтирилган. Уларнинг таъсир даражасини аниқлашда маълумотлар тўпламининг энг муҳим аҳамиятини, яъни парсимон ўзгарувчиларни аниқлаш учун R-квадрат, ўртача квадратик хато (МСE) ва квадратларнинг ўзаро тасдиқланишини башорат қилиш йиғиндиси (Cp) каби турли мезонлардан фойдаланди.

11/21/2024
  • PDF
299-309 115 89
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA KICHIK BIZNES VA OILAVIY TADBIRKORLIK AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISHNING BIR FAKTORI SIFATIDA
Gulnоrа Shаdiyеvа

Maqolada O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyot sharoitida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlari yaratish, qashshoqlikni kamaytirish va aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan asosiy qonuniy hujjatlar va strategiyalar tahlil qilingan. Shuningdek, oilaviy korxonalar sonining o‘sishi va ularning mamlakat sanoat ishlab chiqarishiga qo‘shgan hissasi haqidagi statistik ma'lumotlar keltirilgan. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun raqamli texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

11/21/2024
  • PDF (English)
175-180 144 71
PAXTA-TO'QIMACHILIK KLASTERLARINING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI RO‘LI VA TA'SIRI
Shohruh Sherkulov

Ushbu maqola "Paxta-to'qimachilik klasterlarining iqtisodiy rivojlanishdagi roli va ta'siri" mavzusida yozilgan bo‘lib, paxta-to‘qimachilik klasterlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi ahamiyatini o‘rganadi. Maqola paxta-to‘qimachilik klasterlarining ish o‘rinlari yaratish, mahalliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish va ijtimoiy mas'uliyatni bajarish kabi iqtisodiy va ijtimoiy ta'sirlarini tahlil qiladi. Shu bilan birga, ekologik barqarorlik va barqaror rivojlanish strategiyalarining ahamiyati haqida ham muhokama qilinadi. Tahlil qilingan metodologiya, statistik ma’lumotlar va amaliy misollar orqali klasterlarning iqtisodiy rivojlanishga qo‘shgan hissasi chuqur o‘rganiladi. Maqola paxta-to‘qimachilik klasterlarining muvaffaqiyatli faoliyatini tushunishga va kelajakdagi strategiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.

08/29/2024
  • PDF
154-158 142 52
51 - 60 from 60 << < 1 2 3 

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer