Mazkur tadqiqot jamoa faoliyatida izchillik va sifat oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni hamda ularning samaradorlikka taʼsirini tahlil qiladi. Tadqiqot “Iman Invest Fintech” kompaniyasining empirik maʼlumotlari asosida olib borilgan boʻlib, unda jamoalarning kundalik faoliyati, natijalar barqarorligi va xizmat sifati koʻrsatkichlari chuqur oʻrganilgan. Asosiy eʼtibor izchillikning (barqarorlik, jarayonlarga rioya qilish va natijalarning takrorlanuvchanligi) samaradorlikdagi rolini aniqlashga qaratilgan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, jamoalar uchun doimiy ravishda barqaror natija koʻrsatish, ayrim holatlarda yuqori, lekin notekis sifat natijalariga qaraganda muhimroq hisoblanadi. Izchillik jamoa ichidagi hamkorlikni mustahkamlab, xatolarni kamaytiradi va prognozlash imkoniyatini oshiradi, bu esa umumiy samaradorlikni yaxshilaydi. Tadqiqotda regressiya va panel tahlil usullaridan foydalanilib, izchillik va sifatning nisbiy taʼsiri baholangan. Shuningdek, izchillikning kamayib boruvchi chegaraviy foydasi mavjudligi aniqlangan boʻlsa-da, u baribir muhim omil sifatida namoyon boʻladi. Xulosa qilib aytganda, fintech jamoalari uchun izchillikni ustuvor yoʻnalish sifatida rivojlantirish samaradorlikni oshirishning samarali strategiyasi hisoblanadi.
Ushbu ishda O‘zbekistonning xizmat ko‘rsatish sohasidagi zamonaviy kompaniyalarida inklyuzivlikni joriy etish muammolarining sabablari tahlil qilinadi. Ushbu muammolar, shubhasiz, mavjud bo‘lib, tashkilotlarning to‘liq salohiyatini ochib berishga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarda inklyuzivlikning yo‘qligi oqibatlari ham ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, mazkur maqolada O‘zbekiston xizmat ko‘rsatish kompaniyalari uchun inklyuzivlik siyosatini joriy etishning imkoniyatlari va afzalliklari batafsil tahlil qilinadi
Ушбу мақолада жаҳондаги нуфузли компанияларда молиявий ҳолатни барқарорлаштириш, янги иш ўринларини яратиш ва иқтисодий ўсишга эришиш мақсадида «бошқарувнинг халқаро стандартларига ўтиш, кластер ва кооперация тизимидаги субъектларда молиявий битимлар тузиш жараёнида трансферт баҳолардан фойдаланиш, операцион сегментлар бўйича молиявий ва бошқарув ҳисоботларини тақдим этиш» лозимлиги белгилаб қўйилган. Халқаро тажриба мазкур муаммоларнинг назарий-услубий ва ташкилий жиҳатлари бўйича етарлича ахборотлар базаси шакллантирилганлиги, бу борада махсус илмий-инновацион тадқиқотлар олиб борилаётганлигига гувоҳлик бермоқда. Тадқиқотларнинг кўрсатишича, «Буюк Британия ва АҚШ компаниялари ўртасида АҚШ Федерал солиқ хизмати (IRS) томонидан савдо битимлари жараёнида трансферт баҳони шакллантиришда роялти ва бошқа харажатларни ноқонуний тақсимлаш натижасида олинган 3,4 млрд. долларлик даромадни Англияда жойлашган Бош корхонага қайтарилганлиги» масаланинг жиддий ва муҳимлигидан далолат беради.
Maqolada O‘zbekiston konchilik sektori misolida o‘tish davri iqtisodiyoti sharoitida davlat kompaniyalarining korporativ boshqaruvi transformatsiyasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot sohaning ikki yirik korxonasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJni qiyosiy tahlil qilishga asoslangan. Maqolada korporativ boshqaruvning formal elementlari ularni boshqaruv amaliyotiga integratsiya qilishdan tezroq joriy etilayotgani ko‘rsatiladi. Natijada davlat ishtiroki hamda shaffoflik va hisobdorlikning bozor mexanizmlarini uyg‘unlashtiruvchi gibrid boshqaruv modellari shakllanadi