Maqolada 2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy va mahalliy investitsiyalar hajmi, ularning samaradorligi va taqsimoti toʻgʻrisidagi raqamli maʼlumotlar keltirilgan. Oʻzbekiston-Xitoy oʻrtasidagi investitsiyaviy hamkorlik, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar dinamikasi, portfel investitsiyalar va xorijiy kreditlarning asosiy kapitalga jalb etilishi boʻyicha 2023 yil yakunlari koʻrib chiqiladi. Hududlar kesimida investitsiyalarning taqsimlanishi va eng yirik investor mamlakatlar tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) tushunchasi, tasnifi va tarixiy shakllanish bosqichlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Xalqaro tashkilotlar (BMTSTT, Jahon banki) va yetakchi tadqiqotchilar tomonidan taklif etilgan taʼriflar qiyosiy oʻrganilgan. Xitoy, Hindiston, Filippin, Irlandiya va Bangladesh kabi mamlakatlarning MIZ tajribasi koʻrib chiqilgan. Oʻzbekistondagi MIZlarning qonunchilik asoslari, institutsional rivojlanishi va hozirgi holati tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida MIZ siyosatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.