Ushbu maqolada soliq ma’murchiligini takomillashtirish orqali mamlakatda raqobat muhitini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Soliq ma’murchiligi tizimidagi mavjud muammolar, ularning xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga ta’siri va raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Xalqaro tajribada soliq ma’murchiligi samaradorligini oshirishda qo‘llaniladigan usullar hamda ularning raqobat muhitiga ijobiy ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida soliq ma’murchiligini soddalashtirish, raqamlashtirish va shaffoflikni kuchaytirish orqali tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida teng sharoit yaratish imkoniyatlari asoslab beriladi. Olingan natijalar asosida raqobat muhitini yanada rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.